×

Italiya: Bakalavriat va magistratura uchun 100 ta to`liq va 90 ta qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

28.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

4660 marta

Italiyaning Venetsiya shahrida joylashgan Ca’ Foscari University of VeniceCa’ Foscari universiteti Tuition fee waivers for international students va Scholarships for international students dasturlariga arizalar qabulini e’lon qildi. Dasturlar chet ellik talabalarga bakalavr va magistraturada o‘qish uchun 190 ta grantni taqdim etmoqda. Ushbu dasturning maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash. Grant dasturiga topshirmoqchi bo‘lganlar universitetda mavjud bo‘lgan barcha sohalardan birini tanlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Tuition fee waivers for international students  grantini yutib olgan 100 ta talaba (bakalavr va magistlar) ning kontrakt to‘lovi to‘liq to‘lab beriladi.
  • Scholarships for international students granti g`olibi bo‘lgan 90 tagacha talaba bir martalik 5 000 yevro miqdoridagi stipendiya to‘lovi bilan ta’minlanadi.

Grantga hujjat topshirgan talabalar 185 yevro miqdoridagi hududiy soliq (regional tax) va ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini o‘zi qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Bakalavrga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlar litsey/kollej diplomiga; magistraturaga kirmoqchi bo‘lganlar esa bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim.
  3. Nomzod o‘zi tanlagan yo‘nalishga kirish uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim. Talablar yo‘nalishlarga qarab farq qiladi va nomzodlar bu talablar bilan tanlangan sohaga qarab apply.unive.it portalidan orqali tanishi mumkin.
  4. Nomzod apply.unive.it platformasi orqali Ca’ Foscari universitetidan ro‘yxatdan o‘tishi va bakalavr yoki magistr sifatida o‘qishga qabul qilinishi lozim.
  5. Ona tili ingliz tili bo‘lmagan nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL va b) topshirishi lozim. Bakalavr uchun IELTS daraja minimum 5 bo‘lishi, magistratura uchun minimum 6 bo‘lishi lozim. Lekin nomzodlar IELTS ballari qancha yuqori bo‘lsa, tanlanish ehtimoli shuncha yuqori ekanligi va ballar qancha past bo‘lsa, tanlanish ehtimoli shuncha past bo‘lishini hisobga olishi lozim. Agar nomzod bakalavr bosqichini to‘liq ingliz tilida o‘qigan bo‘lsa, uning diplomi ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat sifatida qabul qilinishi mumkin. Ingliz tiliga qo‘yilgan talablar bilan: shu yerda va shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar univeristetning bakalavriat va magistratura kurslarida o‘qish uchun beriladi. Grant dasuriga bir necha marta ariza berish mumkin, shu sababli dedlayn muddatlari turlicha:

  1. call I: 30-noyabr 2018-yil – bu muddat o‘tgan.
  2. call II: 19-aprel 2019-yil – bu muddat o‘tgan.
  3. call III: 28-iyun 2019-yil.
  4. call IV: 20-sentabr 2019-yil.

Grantga hujjat topshirish uhun ariza shaklini yuklab oling.

Grantga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Grantga ariza topshirish uchun apply.unive.it  portalidan ro‘yxatdan o‘ting.
  2. Portal oynasining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z ismingiz ustiga sichqoncha tugmasini bosing va u yerda sizning shaxsiy hududuingiz ochiladi. Shu hududdan «Have a reference code?» ni tanlang va unga SCH_19_20ni kiriting: .
  3. Tanlagan o‘qish sohangiz uchun arizani to‘ldiring, so‘ralgan hujjatlarni yuklang.
  4. Grant uchun arizani to‘ldirib, skaner qilib, uni ham yuklang va reference code (SCH_19_20) ni kiritgan holda arizani yuklang. So‘ng «Submit» tugmasini bosing.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Yaroqlilik muddati o‘tmagan pasport yoki ID karta.
  2. Toʻldirilgan ariza.
  3. Attestat/kollej/litsey diplomi/bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Grant uchun baholar a’lo boʻlishi kerak.
  4. Ingliz tili imtihoni sertifikati so‘ralishi mumkin.
  5. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/ACT/SAT/LSAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  6. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Barcha hujjatlarni skaner qilib, faylni apply.unive.it portaliga yuklash lozim.

Tuition fee waivers for international students  granti bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan: shu yerda; Scholarships for international students granti bo‘yicha esa batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, salohiyati, kelajakdagi rejalari, moliyaviy ko‘makka muhtojligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar grantni qo‘lga kiritganlarga apply.unive.it portali orqali xabar qilinadi.

Bog`lanish uchun: Global Engagement Office; recruiting@unive.it

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!