×

Italiya: Bakalavriatda o’qish uchun 39ta to’liq grant


Grant

MUHLAT

14.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

11075 marta

Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) bakalavriat bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grnt dasturini e’lon qildi. Ushbu grant maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy-jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Quyidagi sohalarga topshirgan talabalar uchun grant ajratiladi:

  • Architecture. Bu yo’nalishni italian tilida yoki ingiz tilida o’qish mumkin. Qaysi tilda o’qishni nomzodning o’zi tanlaydi.
  • Engineering. Bu yo’nalishni italian tilida yoki ingiz tilida o’qish mumkin. Qaysi tilda o’qishni nomzodning o’zi tanlaydi.
  • Design and Visual Communication. Bu yo’nalish faqat italian tilida o’qitiladi.
  • Territorial, Urban, Environmental and Landscape Planning. Bu yo’nalish faqat italian tilida o’qitiladi.

Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: Jami 39ta talabaga grant ajratiladi. Har bir yo’nalishga grantlar soni quyidagicha:

  • Architecture – 10ta.
  • Engineering – 24ta.
  • Design and Visual Communication – 3ta.
  • Territorial, Urban, Environmental and Landscape Planning – 2ta.

Grant kimlar uchun?

Bakalvriat bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan har bir talaba yiliga 8 ming yevro miqdorida iqtisodiy ta’minot bilan taqdirlanadi. Bakalavrlik bosqichi 3 yil davom etadi. Ma’lumot uchun: Universitetda bir yillik kontrakt to’lovi o’rtacha 2 ming 600 yevroni tashkil etadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod Italiyadan boshqa davlatda qo’lga kiritigan litsey/kollej/11 yillik maktab diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Italiydanan boshqa davlatda joyashgan litsey/kollej/11 yillik maktabning oxirgi kurisda o’qiyotgan yoki Italiyadan boshqa davlatda joylashgan universitetda o’qiyotganlar ham topshirsa bo’ladi.
  • Universitetga qabul qilinish talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Boshqa Italiya yoki xalqaro grantdan iqtisodiy ta’minot olmayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod universitetdagi Double Degree Program dasturlariga hujjat topshirmasligi/topshirmagan bo’lishi kerak.
  • Shuningdek, nomzod yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarga hujjat topshirishi va qabul jarayoni uchun belgilangan testdan kamida 60 ball bilan o’tishi kerak. SAT, GRE, GMAT kabi xalqaro testlardan birini topshirgan va ulardan yuqori ball olgan bo’lsa, hamda sertifikatning muddati o’tib ketmagan bo’lsa, nomzod kirish testidan ozod qilinishi mumkin.
  • Ingliz yoki Italian tilini yaxshi bilishi kerak. Bakalavrlik dasturlariga topshirish uchun minimum IELTS 5 talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grant dasturiga quyidagicha hujjat topshiriladi:

  1. APPLY@POLITO ariza shaklini to’ldirib topshiring va kirish testi uchun ro’yxatdan o’ting.
  2. Ro’yxatdan o’tilgandan keyin APPLY@POLITO’dagi “Research and Academic Scholarship” ostidagi “I wish to apply to TOPoliTO Scholarship to enroll to Bachelor of Science programs in the A.Y. 2018/2019” ni belgilang.

Eslatma: Har bir nomzod dastlab kirish testini topshirishi kerak bo’ladi (TIL test). Ushbu test muddati va joyi nomzod tomonidan tanlanadi. Muddat va joyni SHU YERDAN tanlang (Test onlayn emas, nomzod Italiya yoki Xitoyga borib topshirishi kerak testni). Ushbu test uchun ro’yxatdan o’tish uchun 50 yevro to’lanishi lozim. SAT, GRE, GMAT kabi xalqaro testlardan birini topshirgan va ulardan yuqori ball olgan bo’lsa, hamda sertifikatning muddati o’tib ketmagan bo’lsa, nomzod kirish testidan ozod qilinishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!