×

Italiya: Barcha xarajatlar qoplanadigan bir oylik yozgi maktab; joy – 28tagacha!


Grant

MUHLAT

10.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

3601 marta

Angliyaning London Mathematical Laboratory (LML) maktabi Italiyaning Triyest shahridagi  Abdus Salam International Centre for Theoretical Physics (ICTP)da tashkil etilayotgan LML SUMMER SCHOOL 2020 yozgi maktabida ishtirok etishga taklif etadi. Ushbu yozgi maktab 2020-yil 6-iyuldan 31-iyulgacha Italiyaning Triest shahrida boʻlib oʻtadi. Yozgi maktabda soha vakillari boʻlgan doktorant/aspirantlar ishtirok etishlari mumkin.

London Matematika Laboratoriyasi bu yil yozgi maktabni Angliya hududidan tashqarida tashkil etmoqda. Saralab olingan nomzodlar taxminan toʻrt hafta LML, ICTP va SISSA tashkilotlarining yetuk mutaxassislari bilan birgalikda fizika, matematika fanlari boʻyicha dolzarb muammolarni tahlil qiladilar.

Yizgi maktab quyidagi tadqiqot loyihalari boʻyicha boʻlib oʻtadi:

2020-yilgi yozgi maktab uchun har bir loyiha boʻyicha 1-2tadan, jami 28tagacha joy ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktoranturada tahsil olayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning Italiyada bir oy yashash, oziq-ovqat va sayohat xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq).
  2. Nomzod ayni vaqtda aspirant/doktorant boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Odatda IELTS 6,5-7,0 yoki shunga ekvivalent sertfikat talab qilinadi.
  4. Nomzod sayohat qilish va Italiyada bir oy yashash imkonga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod viza rasmiylashtirish, tibbiy va sayohat sugʻurtasi (zarur hollarda) rasmiylashtirish uchun oʻzi maʼsul hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 10-fevral tungi 00:00 ga qadar qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda toʻldirish va tizimga arizaga qoʻshimcha hujjatlarni ham yuklash lozim.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Onlayn tarzda arizani toʻldirish.
  2. Hujjatlar koʻrsatilgan muddatda joʻnatilishi uchun avvaldan boshqa ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlab qoʻyish zarur.
  3. Arizaga qoʻshimcha tarzda CV soʻraladi.
  4. Ikkita tavsiyanoma (avvalgi yoki hozirgi oʻqish joyidan) tavsiyanoma beruvchi tomonidan lml@lml.org.uk elektron pochtasiga joʻnatiladi.
  5. Tadqiqot uchun loyihani tanlashga sabablar va motivatsion xat (500 ta soʻzgacha). Bu hujjat taqdim etilayotgan loyihalardan biri boʻyicha yoziladi. Buning uchun 2020-yilgi loyihalar bilan tanishish va mos keladiganini tanlash kerak. Barcha loyihalar: shu yerda berilgan.
  6. Barcha hujjatlar PDF formatida quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:

surname_first name_document.pdf

Masalan:

smith_peter_CV.pdf

smith_peter_covering letter.pdf

smith_peter_reference letter.pdf kabi.

Nomzodlar sohaga mos keluvchi akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik qobiliyati va fan boʻyicha layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

2020-yilning mart oyi oxirida topshirilgan hujjatlar boʻyicha arizalarning qabul qilinish holati toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanadi va nomzodlarning elektron pochtalariga yuboriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot va bogʻlanish uchun: LML Office Manager, Chloe Scragg, c.scragg@lml.org.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!