Rim Sapienza universiteti (The Sapienza University of Rome) xorijiy talabalarga magistraturada o’qish uchun “Don’t miss your chance” grant dasturini e’lon qildi. Dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: 24 nafar.
O’qish sohasi: Nomzodlar universitetda mavjud bo’lgan istalgan sohalardan birini tanlashi mumkin. Sohalar bilan SHU YERDA tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qo’lga kiritgan talabalar quyidagi ikoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Kontrakt pulini to’lashdan ozod etiladi.
- Yiliga 4300 yevro miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi.
Nomzodga grant mablag’i nomzod o’zi tanlangan magistrik dasturiga 2018-2019-yilgi o’quv yilidan boshlab qabul qilingandan keyin taqdim qilinadi. Magistrlik dasturlariga qabul hali boshlanmagan va 2018-yilning iyul oyida boshlanadi. Nomzod avval grantga hujjat topshirib, keyin magistrlik dasturiga hujjatlarni taqdim qiladi.
Nomzod faqat yiliga 30 yevro miqdoridagi Single Contribution Fee to’lashi kerak bo’ladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talabalrga mos bo’lishi lozim:
- Italiyadan boshqa davlatda olingan bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.
- Nozmod Italiya fuqarosi bo’lmasligi lozim.
- Nomzod 26 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
- Nomzod o’zi tanlagan magistrlik dasturiga qabul qilinish talablariga mos bo’lishi lozim. Magistrlik dasturlarining ba’zilari faqat ingliz tilida, ba’zilari faqat Italian tilida va ba’zilari esa ingliz tilida ham, Italian tilida ham o’qitiladi. Ingliz tili uchun minimum talab: IELTS 6.5; TOEFL ibt 80; pbt 550. Shuningdek, ba’zi yo’nalishlar uchun GMAT yoki GRE ham so’ralishi mumkin. Magistrlik dasturlari bilan SHU YERDA.
Magistrlik dasturlariga qabul haqida batafsil SHU YERDA tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Nomzod dastur uchun onlayn arizani to’ldiradi. Arizaga quyidagilar kiritiladi:
- Ism va familiya;
- Tug’ilgan joy va sana;
- E-mail manzil;
- Ilmiy daraja (bakalavr/magistr);
- Bakalavr/magistraturani bitirgan yil;
- Yakuniy baholar ro’yxati (final mark);
- Nomzod davlatidagi eng yuqori baho va baholash tizimida necha balldan necha ballgacha “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” deb ta’rif berishi kerak.
Shuningdek, nomzod quyidagi hujjatlarni bitta PDF fayl holiga keltirib, arizaga ilova qilishi kerak:
- Bakalavrlik yoki unga muqobil boshqa darajadagi diplom nusxasi;
- Pasport nusxasi (ism, familiya, tug’ilgan joy va sana, fuqarolik ko’rinib turishi kerak).
Ariza 2018-yilning 11-iyunidan kechikmay topshirilishi kerak. Kechikib yuborilgan arizalar ko’rib chiqlmaydi.
Nomzodning email manzili ishlab turishi lozim. Xato berilgan email manzil, aloqaning yaxshi emasligi sababli nomzodga xabar bera olmaslik holatlari uchun universitet ma’muriyati mas’uliyatni o’z bo’yniga olmaydi.
Nomzodlarga yakuniy baholariga qarab reyting beriladi va eng yuqori 24 ta reyting egalariga grant beriladi. Agar baholar teng bo’lib qolsa, Yoshi kichikroq nomzodga grant beriladi.
Reyting natijalari 2018-yil 18-iyun kuni SHU YERDA e’lon qilinadi.
Nomzod to’plagan reytinggiga ko’rib, grant beriladigan nomzodlar ro’yxatida bo’lsa, keyin magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi mumkin.