×

Italiya: Magistratura uchun yiliga 9000 yevro grant


Grant

MUHLAT

14.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2845 marta

Italiyada joylashgan Turin Universitetida o’qish uchun beriladigan Scholarships for International Students grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan 2020-21-o’quv yilida magistatura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli chet ellik  talabalarga ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi.

Turin Universitetida o’qitiladigan magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetdagi magistratura kurslari 2 yil davom etadi. Grant miqdori yiliga umumiy 9 000 yevroni tashkil qiladi. Agar nomzod o’zini namunali tutsa va a’lo baholarga o’qisa grant keyingi yil ham to’lanadi. 2020-2021 o’quv yili uchun umumiy 15 nafar talabaga grant ajratilgan.

Kontrakt haqida

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga mos bo’lish kerak:

  1. Nomzod Turin Universiteti magistratura kurslaridan biriga qabul qilinishi kerak.
  2. Nomzod Italiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  3. Nomzod GRE testini topshirgan bo’lishi zarur. Grantga saralash nomzodlarning GRE ko’rsatkichlari asosida bo’ladi, bu testni topshirmagan nomzodlarning arizalari ko’rib chiqilmaydi. To’plangan GRE natijalari kamida: Verbal Reasoning: 140/170, Quantitative Reasoning: 140/170 va Analytical Writing: 3.5/6 bo’lishi kerak.

Magistratura kursiga qabul uchun talablar haqida biror magistratura kursini tanlab, unga hujjat topshirish sahifasiga kirish orqali bilib olasiz.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga va magistratura kursining o’ziga arizalar alohida-alohida topshiriladi. Grantga onlayn arizalar 2020-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirishda faqat GRE testi sertifikati so’raladi.

Grantga ariza berishdan oldin esa bu yer orqali qanday qilib hujjat topshirish haqida batafsil tanishing hamda o’zingiz tanlagan magistratura kursiga hujjat topshiring. Kursga hujjat topshirilganda nomzodga ariza kodi beriladi. Grantga ariza berish jarayonida shu kodni kiritish so’raladi. Magistraturaga hujjat topshirishda quyidgai hujjatlar zarur:

  1. Passport nusxasi.
  2. Agar nomzod Italiyada yashayotgan bo’lsa, viza nusxasi.
  3. Bakalavr diplomi ilovasi bilan.
  4. Bakalavr kursida o’qitilgan kurslar haqida ma’lumotnoma.
  5. CV.
  6. Til testi sertifikati.

Hujjatlar ingliz, fransuz, ispan yoki italyan tillariga rasman tarjima qilinishi kerak. Magistratura kursiga hujjatlar ham 2020-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerdagi kurslardan keraklisini tanlab, “apply now” ni bosish kerak.

Grant nizomi

Ma’lumot uchun: shu yerda berilgan manzillardan mos keladiganiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!