×

Italiya: Magistraturada oʻqish uchun 50 foizgacha grantlar; joy – 10ta!


Grant

MUHLAT

15.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1825 marta

Italiyaning Milan shahrida joylashgan Istituto Moda e Design magistratura kurslarda oʻqishni xohlovchi xorijiy nomzodlar uchun 10 Scholarships for the Masters in Product Design and Fashion Design 2020 grant dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. Ushbu grant maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Grant birinchi boʻlib hujjat topshirgan 10 nafar xorijiy talabalarga berilishi rejalashtirilgan.

Grantlar quyidagi magistratura kurslarda oʻqish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalarning 4 nafariga kontraktdan 50%, 6 nafariga esa 25% chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  • Nomzod balakavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻzi tanlagan kurs oʻqitiladigan tilni (ingliz/italyan) bilishi kerak. Ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarga hujjat topshirayotganlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatni (IELTS/TOEFL) ham topshirishi kerak. Bu hujjatga minimum talab koʻrsatilmagan.
  • Nomzod portfolio topshirishi kerak. Grantga ega boʻlish uchun asosiy mezon posrtfolio (nomzod tomonidan qilingan ishlar roʻyxati/namunlari) hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab yuqorida sanab oʻtilgan magistratura dasturlaridan birini tanlab, unga qoʻyilgan talablar bilan tanishib chiqishi lozim. Soʻng ushbu magistrlik dasturiga kirish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlab (yoʻnalishiga qarab hujjatlar farq qilishi mumkin), grantga ariza bilan birgalikda master@rmmodaedesign.it elektron manziliga yuborishi kerak. Dedlayn – 2019-yil 15-dekabr.

Hujjat qabul qilish bosqichidan oʻtganlar bilan Skype orqali suhbat oʻtkaziladi. Suhbat muddatlari nomzodlarga email orqali xabar qilinadi.

Malumot uchun: master@rmmodaedesign.it manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!