×

Italiya: moda boshqaruvi boʻyicha magistratura uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

05.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1538 marta

Italiyaning Milan shahrida joylashgan Domus Academy Milan 2019-2020-oʻquv yili uchun Master in Fashion Management in Partnership with MM6 – September 2019 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grant magistratura talabalari uchun beriladi. Grant bir yil muddatga 5 nafar nomzodga ajratiladi.

Grant moda boshqaruvi sohasida tanlovda qatnashib, gʻolib boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan.

Grant olish uchun nomzod akademiyada oʻqitiladigan Master in Fashion Management postgraduate taught kursiga 2019-yil sentyabrdan oʻqishga kirishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba akademiyaning Master in Fashion Management postgraduate taught kursi uchun 2019-2020-oʻquv yiliga 28 600 yevro oʻqish haqi toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Bir nafar talabaning oʻqish puli 60 foiz qoplab beriladi.
  2. Bir nafar talabaning kontrakt puli 50 foizi qoplab beriladi.
  3. Bir nafar talaba oʻqish pulining 40 foiz toʻlab beriladi.
  4. Ikki nafar nomzodning oʻqish haqining 20 foizi

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod akademiyaning Master in Fashion Management postgraduate taught kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ariza berilayotgan kurs uchun IELTS kamida 5.0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod moda yoki dizayn, boshqaruv sohalaridan biri boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar akademiyaning Master in Fashion Management postgraduate taught kursida oʻqish uchun beriladi. Kursga oʻqishga kirgan talabalarning barchasi grantga daʼvogar hisoblanadi, shuning uchun grantga alohida ariza va hujjat topshirish talab qilinmaydi. Ammo tanlov uchun loyiha topshirish kerak.

Dastlab oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak.

Master in Fashion Management mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avvalo Domus Academyning “Programs” boʻlimidan oʻzimiz istagan kursni tanlaymiz. Yaʻni, roʻyxatdan “Master in Fashion Management” kursini topamiz.
  • Master in Fashion Management” sahifasida kurs haqida batafsil maʼlumot berilgan: taʼlim olish tili va kursda oʻqishga nechta oʻrin berilganligi, kimlar dars berishi va hokazo. Toʻliq oʻqib chiqamiz.
  • “Application requirements” boʻlimida kirish talablari bilan tanishamiz.
  • Sahifada bosqichma-bosqich hujjat topshirish tartibi Uni yuklab olish mumkin.
  • Sahifada “ariza blanki” ham berilgan. Uni koʻchirib olib toʻldiramiz.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Kerakli hujjatlar tarkibi (oʻqishga kirishga):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza. Ariza ingliz tilida toʻldirilishi kerak.
  • Unda quyidagilar yoziladi:
  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Oʻqigan universitet va hokazolar haqida.
  • Ish tajribasi.
  • Axborot texnologiyalaridan xabardorlik.
  • Qaysi tillarni bilish haqida.
  • Badiiy-ijodiy portfolio. Bunda nomzodning bajargan ijodiy ishlari beriladi.
  • Motivatsion xat.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi.
  • Qaysidir kurs yoki seminarlarda qatnashayotgan boʻlsa, shu haqida hujjat.
  • Pasport nusxasi.
  • Ilmiy rahbarlar roʻyxati.
  • Tavsiyanoma.
  • IELTS sertifikati (kamida 5.0 boʻlishi talab qilinadi).
  • Ariza topshirish uchun 100 yevro badal toʻlanadi. Badal toʻlanganligi kvitansiyasining ham skan nusxasi topshirilishi kerak.

Barcha hujjatlarning skaner nusxasini ariza bilan birga yuklash kerak. Kursning dedlayni 2019-yil 5-aprelgacha.

Tanlovga hujjat topshirish.

Tanlovga esa loyiha joʻnatiladi. Loyihada Maison Margiela MM6 kursi uchun marketing va kommunikatsiya boʻyicha original taklif berishi kerak. Masalan, birorta brendni sotsiomadaniy va iqtisodiy jihatdan chuqur oʻrganish talab qilinadi. Shu brendni boshqalari bilan solishtirish kerak. Loyihangiz oʻz tadqiqotlaringizga asoslanishi lozim. Shu bilan birga siz hayot tarzi va sotib olayotgan mahsulotlariga qarab haridorning portretini yaratishingiz kerak. Loyihangizning elektron shaklda https://competition.domusacademy.com/apply/ sahifasiga joylashtirasiz. Loyihani joʻnatishingiz bilan u qabul qilingani haqida pochtangizga xabar kelishi kerak. Agar tasdiq xabari kelmasa competitions@domusacademy.it elektron manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar quyidagilar asosida saralanadi:

  1. Aʼlo baholari, yaʼni akademik darajasi.
  2. Loyihasi (Personal project).
  3. Talabalarning motivatsion xati va moda boshqaruvi sohasidagi ish tajribasiga ham eʼtibor beriladi.

Natijalar 2019-yil 6-mayda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:. competitions@domusacademy.it

Rasmiy sayt: https://competition.domusacademy.com/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!