×

Italiya: PhD bosqichi uchun to’liq grant, oylik stipendiya, bepul turar joy va safar xarajatlari qoplanadi; joy – 72 ta!


Grant

MUHLAT

27.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2268 marta

Italiyada joylashgan Scuola Normale Superiore (SNS) oliygohi 2020-2021 o’quv yilining 1-noyabrida boshlanadigan 4 yillik PhD kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilarga grantlar e’lon qilmoqda. Grantlar oliygohning mahalliy va xorijlik (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) tadqiqotchilari uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad eng iqtidorli va umidli tadqiqotchilarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 72 nafar tadqiqotchiga grant ajratish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

 O’qishga qabul qilingan 72 nafar tadqiqotchilarga 4 yil davomida quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Oliygohda bepul o’qish.
  2. Universitet hududidagi binoda bepul turar joy.
  3. Kundalik xarajatlar uchun oylik stipendiya (yillik 12 oy davomida).
  4. Safar xarajatlari.

Grant tadqiqotchilarga butun o’qish davri – 4 yil davomida ajratiladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod SNS oliygohining PhD kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nimzod 1988-yil 31-oktabrdan keyin tug’ilgan bo’lishi (30 yoshdan katta bo’lmasligi) kerak.
  4. Nomzod 3 yildan ko’p muddatga ozodlikdan mahrum qilinmagan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ilgari Italiya oliygohlarida PhD bosqichi uchun stipendiya olmagan bo’lishi kerak.
  6. Nomzod magistrlik yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak.
  7. 2020-yilning 31-oktabrigacha magistrlik diplomini qo’lga kiritadigan nomzodlar ham dasturga hujjat topshirishlari mumkin.
  8. Nomzod ingliz va/yoki italian tillarini yaxshi bilishi zarur (o’quv kursi tiliga qarab).
  9. «Methods and models for molecular sciences», «Political science and sociology» va “Transnational Governance” mavzulari bo’yicha imtihonlar, PhD kurslari va tezislari faqat ingliz tilida bo’ladi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Universitetning PhD kurslariga arizalar 2020-yil 27-avgustga qadar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. O’qishga qabul qilingan barcha nomzodlarga grant ajratiladi, stipendiya olish uchun nomzodlardan alohida ariza berishlari talab etilmaydi.
  • Saralash bosqichi natijalari 2020-yil 14-sentabrda e’lon qilinadi.
  • Suhbatlar 2020-yilning 21-sentabridan 30-sentabrigacha o’tkaziladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Til sertifikati (ingliz va italian tillari bo’yicha sertifikatlar https://europass.cedefop.europa.eu saytidagi talablarga javob berishi kerak). Batafsil ma’lumot
  4. CV (Europass saytidagi format bo’yicha yozilgan bo’lishi kerak).
  5. Magistrlik diplomi.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Magistrlik ishi va u haqidagi abstrakt (ingliz tilida, tahminan 15 000 belgidan iborat).
  8. Magistraturani hali bitirmagan nomzodlar uchun faqat ilmiy ish abstrakti (ingliz yoki italiyan tilida, tahminan 25 000 belgidan iborat).
  9. Maqola va nashrlar
  10. Tadqiqot rejasi (tahminan 20 000 belgidan iborat).
  11. Tadqiqot ishi abstrakti (tahminan 3 000 belgidan iborat).

Hujjatlarning barchasi ingliz/italian tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz/italian tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy sayti yoki dastur qo’llanmasidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel.: +39.055.2673300
Fax: +39.055.2673350
Email: phd@sns.it

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!