×

Italiya: PhD bosqichi uchun to’liq grant, oylik stipendiya hamda bepul turar joy;joy – 32 ta!


Grant

MUHLAT

23.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2056 marta

Italiyada  shahrida joylashgan IMT Lucca (Institute for Advanced Studies) tadqiqot instituti o’zining  ‘Cognitive and Cultural Systems’ va ‘Systems Science’ yo’nalishlari bo’yicha PhD bosqichiga o’qishga kirgan tadqiqotchilarga grantlar e’lon qilmoqda. Ushbu grant dasturi 2019-yil sentabrda boshlanadigan PhD kurslariga qabul qilingan/qilinadigan, mahalliy va xorijlik (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) talabalar uchun mo’ljallangan. Grantlar PhD bosqichining har ikki yo’nalishi uchun 16 tadan – jami 32 nafar tadqiqotchiga beriladi. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida 32 nafar tadqiqotchiga grant ajratish rejalashtirilgan. O’qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Oliygohda bepul o’qish (lekin ular yillik 140 yevro miqdoridagi ta’lim solig’ini to’lashlari zarur).
  2. Universitet hududidagi binoda bepul turar joy.
  3. Oliygoh oshxonasida bepul ovqatlanish (lunch and dinner).
  4. Yillik 15 343 yevro (tahminan 17 202 AQSh dollari) miqdoridagi kundalik xarajatlar uchun mablag’

Grant tadqiqotchilarga butun o’qish davri – 4 yil davomida ajratiladi

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod IMT Lucca oliygohining ‘Cognitive and Cultural Systems’ va ‘Systems Science’ yo’nalishlari bo’yicha PhD kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nimzod kunduzgi tartibda o’qishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Darslar ingliz tilida olib boriladi.
  6. Nomzod magistrlik yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitetning PhD kurslariga arizalar 2019-yil 23-aprelga qadar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Stipendiya olish uchun nomzodlardan alohida ariza berishlari talab etilmaydi.

Tavsiyanomalar joriy yilning 30-apreligacha yuborilishi mumkin.

Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlarga suhbat tayinlanadi. Suhbat nomzodning xohishiga ko’ra oliygohda yoki konferens aloqa (skype) orqali o’tkaziladi. Suhbatdan o’tish uchun Italiyaga borgan nomzodlar bepul turar joy bilan ta’minlanishadi, ammo safar xarajatlari qoplab berilmaydi.

PhD kurslariga hujjat topshirish tartibi:

  1. Onlayn ariza.
  2. Til sertifikati.
  3. CV/rezume
  4. Magistrlik diplomi
  5. Baholar/diplom ilovasi
  6. Tadqiqot rejasi (Research Statement-ingliz tilida bo’lishi, 10 000 so’zdan oshmasligi zarur).
  7. 2 ta avsiyanoma
  8. Maqola va nashrlar
  9. Passport nusxasi

Hujjatlarning barchasi ingliz/italian tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Hujjatlarga qo’yilgan talablar:

  1. Yuklangan hujjatlarning barchasi PDF, JPG, JPEG, GIF formatlarida bo’lishi kerak.
  2. Bir faylning maksimal kattaligi 3 MB’dan oshmasligi kerak.
  3. Agar hujjat hajmi juda katta bo’lsa, uni ZIP faylga joylab yuborishga ruxsat etiladi.
  4. PDF fayl yaratish uchun ushbu dasturdan foydalanishingiz mumkin.
  5. ZIP fayl yaratish uchun ushbu dasturdan foydalanishingiz mumkin.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Dastur qo’llanmasi bu yerda.

Murojaat uchun:

Tel.: +39 0583 4326597
Fax: +39 0583 4326565

Email: info@imtlucca.it.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!