×

Italiya: Qishloq xoʻjaligi sohasidagi kashfiyotlar tanlovi; medal, sertifikat hamda 100 000 AQSh dollari mukofot beriladi!


Grant

MUHLAT

10.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1942 marta

The World Academy of Sciences (TWAS) akademiyasi TWAS-Lenovo Science Award 2020 mukofot dasturida qatnashish uchun arizalar qabul qilmoqda. TWAS-Lenovo ilmiy mukofoti rivojlanayotgan mamlakatlar olimlariga berildigan eng nufuzli mukofotlardan biridir. Mukofor dasturi boʻyicha har yili fanning turli sohalaridagi kashfiyotlar taqdirlanadi. Bu yilgi mukofot Agricultural Sciences – qishloq xo’jaligidagi ilm-fan yutuqlari uchun beriladi. Unda rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan olim va tadqiqotchilarning qishloq xoʻjaligi sohasidagi yangilik va kashfiyotlari mukofot uchun tavsiya etilishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Yosh olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

TWAS-Lenovo Science Award mukofoti gʻolibi Lenovo Group Limited tomonidan 100 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti, olimning fanga qo’shgan hissasi to’g’risidagi medal va sertifikat bilan taqdirlanadi. Mukofot gʻolibga TWAS tomonidan tashkillashtirilgan maxsus marosimda taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  • Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birida kamida 10 yil davomida yashagan va ishlagan boʻlishi kerak.
  • Mukofot faqat rivojlanayotgan davlatlarda olib borilgan ulkan xalqaro ilmiy izlanishlar uchun beriladi.
  • Nominatsiyalar TWAS a’zolari, tanlangan shaxslar, ilmiy akademiyalar, milliy ilmiy kengashlar, universitetlar va ilmiy muassasalar (nominatorlar – yaʼni nomzodni ilgari surayotgan shaxslar) tomonidan taklif qilinadi.
  • Hakamlar hay’ati a’zolari va Trieste Science Prize mukofotining (TWAS tomonidan boshqariladi) avvalgi g’oliblari TWAS-Lenovo Science Awards`da qatnasha olmaydilar.
  • Dasturga ayol nomzodlarning ariza berishlari qoʻllab-quvvatlanadi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

  • TWAS-Lenovo mukofot dasturga olimning nomzodini qoʻyish uchun https://twas.org/opportunity/twas-lenovo-science-award onlayn platformasidagi NEW NOMINATION tugmasi bosiladi, CREATE AN ACCOUNT tugmasi orqali roʻyxatdan oʻtiladi va kerakli maʻlumotlar yuklanadi.
  • Mukofot dasturi uchun nominantlar TWAS a’zolari, tanlangan shaxslar, shuningdek ilmiy akademiyalar, milliy ilmiy kengashlar, universitetlar va ilmiy muassasalar (nominatorlar – yaʼni nomzodni ilgari surayotgan shaxs) tomonidan taklif qilinadi.
  • Dasturga oʻz nomzodni tavsiya etish mumkin emas.

Platformada nominator oʻzi ilgari surayotgan nomzod haqida quyidagi maʻlumotlarni taqdim etishi kerak:

  1. Nominatorning (nomzodni ilgari surayotgan shaxs) kontakt raqamlari.
  2. Nomzodning kontakt ma’lumotlari (oʻz nomzodini tavsiya etish mumkin emas), nomzod haqidagi umumiy ma’lumot, va u oxirgi 10 yil davomida ishlayotgan va yashayotgan mamlakat.
  3. Nomzodning qishloq xo’jaligi fanlaridagi ulkan ilmiy yutuqlari to’g’risida qisqacha iqtibos (15 so’zdan ko’p bo’lmagan).
  4. Nomzodning ilmiy yutuqlari haqidagi 200 soʻzdan iborat bayonot.
  5. Nomzodning asosiy ilmiy yutuqlari to’g’risidagi tavsif (5-6 sahifadan iborat)
  6. Nomzodning PhD darajasi haqidagi ma’lumot (ilmiy daraja, qoʻlga kiritilgan yili, uni topshirgan muassasa)
  7. Nomzodning so’nggi o’n yil ichida chet elda o’tkazgan vaqti haqidagi ma’lumot.
  8. Nomzodning qisqacha rezyumesi va chop etilgan nashrlarining to’liq ro’yxati (onlayn platformaga alohida joylashtirilishi kerak).
  9. 20 tagacha eng muhim nashrlarining ro’yxati.
  10. Nomzod tomonidan olingan oldingi mukofotlar, e’tiroflar to’g’risidagi ma’lumot.
  11. Nomzodning Google Scholar h-indeksi va iqtiboslar soni.

Mukofot dasturi talablari va nomzodni koʻrsatish jarayoni bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Nomzodlarni tavsiya qilishning oxirgi muddati – 2020 yil 10 mart. Ammo nominatorlarga ushbu muddatni kutmasdan, tanlagan nomzodlarini iloji boricha tezroq taqdim etishlari tavsiya qilinadi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun:

Tel: +39 040 2240 387

Fax: +39 040 22407387

Email: awards@twas.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!