×

Italiya: Siyosatshunoslik sohasi mutaxassislari uchun grant; oylik stipendiya – 2 500 yevro; oila uchun alohida 2 000 yevro; transport xarajatlariga 1 200 yevro beriladi


Grant

MUHLAT

22.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

3078 marta

Italiyada joylashgan  European University Institute (EUI) tarkibidagi  School of Transnational Governance (STG) 2021-yilgi Policy Leader Fellowshipdasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 5 yoki 10 oyga beriladi. Grant siyosat boʻyicha oʻz professional bilimlarini rivojlantirishni istagan lider, tashkilotchi va intellektual yetuk mutaxassislarga beriladi.

Grant yutib olgan nomzodlar Italiyaning Florensiya shahrida joylashgan European University Institute (EUI) tarkibidagi  School of Transnational Governance (STG)da oʻqiydilar.

Grant kimlar uchun?

Siyosat, davlat, nodavlat va OAV mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Kursning davomiyligi 5 oy: 2021-yil sentavrdan 2021-yil fevralgacha yoki 2021-yil fevraldan 2022-yil iyungacha; yoki 2021-yil sentabrdan 2022-yil iyungacha 10 oy muddatgacha davom etadi.
  2. Nomzodning oʻqish vaqtidagi yashash xarajatlari uchun har oyda 2 500 yevro stipendiya beriladi.
  3. Nomzod oilasi bilan birga Italiyada yashash uchun kelsa va turmush oʻrtogʻining oylik ish haqi 2 000 yevrodan kam boʻlsa, har oyda yana qoʻshimcha 300 yevrodan 2 000 yevrogacha pul beriladi.
  4. Dastur doirasida nomzodning transport sarflari uchun 1 200 yevrogacha mablagʻ toʻlanadi.
  5. Oʻquv qurollari va kasbiy rivojlanish uchun resurslar bilan ta’minlanadi.
  6. Nomzod Italiyadan tashqaridagi yozgi maktab, seminar, konferensiyalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Barcha ma’lumot bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod transmilliy masalalarni boshqarish boʻyicha liderlik, tashabbuskorlik va murosasozlik qobiliyatini namoyon etishi kerak.
  • Nomzod siyosat sohasi boʻyicha davlat, nodavlat tashkilotlarida yoki OAVda ishlayotgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod tegishli mutaxassislik boʻyicha aniq rejalashtrilgan loyihaga ega boʻlishi va stipendiyaga munosibligini shu orqali koʻrsata olishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi hamda dastur mavzusiga qiziqishi boʻlishi zarur. Chunki dastur tugagach, nomzod vataniga qaytishi va oʻrganganlarini amaliyotga tadbiq qilishi kerak.
  • Nomzod har taraflama qiziquvchan va artoflicha oʻz mavzisidan tashqari mavzular boʻyicha ham boshqa a’zolar bilan muloqotga qirisha olishi lozim.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 22-fevralvacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza va unga ilova qilinadigan barcha hujjatlarni dedlaynga qadar joʻnatish lozim. Hujjat topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishing.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume. PDF formatida, 100-120ta soʻz (probellar bilan qoʻshib hisoblaganda 800ta belgi)dan oshmagan hajmda yoziladi.
  3. Motivatsion xat. Dastur mavzusiga oid, 2 betgacha (ariza shaklini toʻldirayotganda aynan shu hujjatning 1000ta belgigacha resumesi soʻraladi) hajmda PDF formatda tayyorlanadi.
  4. Tadqiqot rejasi. Dasturdan nimalar kutayotganingiz qadam ba-qadam bosqichlarga boʻlingan holda yoziladi, 2 betgacha (ariza shaklini toʻldirayotganda aynan shu hujjatning 1000ta belgigacha resumesi soʻraladi) hajmda PDF formatda tayyorlanadi.
  5. Oliy ma’lumot diplomi elektron nusxasi.
  6. Qoʻshimcha ravishda nomzodning e’lon qilingan ishlari, rejalari, tadqiqotlari kabi stipendiya berilishiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hujjatlarni taqdim etish mumkin.
  7. 2ta tavsiyanoma beruvchining ma’lumotlari. Bu ma’lumotlarni 22-yanvargacha roʻyxatdan oʻtkazishi kerak. Dedlayn muddati ham shu vaqtga toʻgʻri keladi, arizangizni toʻldirganingizdan keyingina sizga tavsiyanoma beruvchining ma’lumotlarini kiritishga ruxsat beriladi. Shu sababli, arizangizni ertaroq topshiring. Roʻyxatdan oʻtkazilgan tavsiyanoma beruvchi tavsiyanomani ReferenceFellow@eui.eu manziliga joʻnatadi.
  8. C1 darajasidagi ingliz tili sertifikati yoki shunga tenglashtirilgan hujjat topshiriladi.

Barcha hujjatlar, talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Bogʻlanish uchun: applyfellow@eui.eu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!