×

Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi – Italiya OTMʼlarida o’qish uchun to’liq grant, bepul tibbiy sug’urta va oyiga 1 000 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

4309 marta

Italiyaning Ministry of Foreign Affairs and International Cooperation (MAECI) vazirligi  Italiya oliy ta’lim muassasalarining (OTM) 2019-2020 o’quv yilida boshlanadigan magistratura, PhD, italian tili kurslari, va boshqa tadqiqot kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga Ministry of Foreign Affairs and International Cooperation (MAECI) Grants grantlarini e’lon qilmoqda. Grantlar oliygohning xorijlik (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) talabalari hamda chet elda istiqomat qiluvchu italian fuqarolari uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad xalqaro madaniy, ilmiy, texnologik hamkorlikni rivojlantirish hamda italian tilining xorijiy mamlakatlarda o’rganilishini targ’ib qilish. Grantlar quyidagi kurslar uchun ajratiladi:

  • Master’s Degree (Laurea Magistrale 2° ciclo).
  • Courses of Higher Education in Arts, Music, and Dance (AFAM).
  • PhD program.
  • Research under academic supervision (Progetti in co-tutela).
  • Italian Language and Culture Courses.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, PhD bosqichi, italian tili kurslari, va boshqa tadqiqot kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida italian OTM`laridan biriga yuqoridagi bosqich/yo’nalishlar bo’yicha o’qishga qabul qilingan talaba/tadqiqotchilarga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi.

  • Talaba kontrakt to’lovi va o’qish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan ozod etiladi.
  • G’olibga MAECI tomonidan tibbiy/baxtsiz hodisa sug’urta badallari to’lab beriladi.
  • Dastur davomida stipendiatning hisob raqamiga oylik 900 yevro (taxminan 1 005 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ o’tkaziladi.
  • Grantlar 6 yoki 9 oyga mo’ljallangan bo’lib, grant shartlari bajarilganida keyingi o’quv yillariga ham uzaytirilishi mumkin.
  • Italian tili va madaniyati kurslari uchun grantlar 3 oylik muddatga beriladi.
  • Grant ajratilishi rejalashtirilayotgan eng yaqin muddat 2020-yil 1-yanvardan 31-oktabrgacha. Batafsil ma’lumot.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod Italiya fuqarosi bo’lmasligi kerak yoki italiayadan tashqarida istiqomat qilishi kerak.
  2. Nomzod 2019-yil 30-mayga qadar italian OTM`laridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’zi o’qimoqchi bo’lgan soha bo’yicha akademik talablarga javob berishi hamda ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak.
  4. Oliygohga hujjat topshirgan barcha nomzodlar tanlangan kursning asosiy tilidan kelib chiqib ingliz va/yoki italian tilini bilishlari zarur (CEFR B2 darajasida).
  5. Magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun nomzod 28 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  6. PhD bosqichiga hujjat topshirish uchun nomzod 30 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  7. Tadqiqot loyihalari bo’yicha dasturlarga (Research Projects under academic supervision) hujjat topshirish uchun nomzod 40 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  8. Grant hay’ati stipendya ajratishda nomzodlarning erishgan akademik yutuqlariga, baholariga va CV`sida berilgan ma’lumotlarga katta e’tibor qaratadi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun 2019-yil 30-mayga qadar italian OTMʼlaridan biriga magistratura, PhD, italian tili kurslari, va boshqa tadqiqot kurslari uchun qabul qilingan barcha arizachilar nomzod deb hisoblanadilar. Dasturga hujjat topshrish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Yodda tuting, dasturga hujjat topshirish uchun nomzod avval italiyan oliygohlaridan biriga qabul qilingan bo’lishi zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. CV.
  3. Bakalavr/magistrlik/PhD diplomi.
  4. Baholar/diplom ilovasi.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Motivatsion xat.

Hujjatlarning barchasi ingliz/italian tilida bo’lishi zarur. Ingliz/italian tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy sayti yoki dastur qo’llanmasidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!