×

Italiya: Triest shahrida ekologiya boʻyicha xalqaro forum; bepul turar joy va oziq-ovqat; transport xarajatlari uchun 500 yevro!


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

3779 marta

Italiyaning Triest shahrida joylashgan International Poetry and Theatre Competition Castello di Duino and World Youth Forum Right to Dialogue tashkiloti Associazione Poesia e Solidarietà forumida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Forumda ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha tahsil olayotgan talabalar yoki shu sohada ishlayotgan yoshlar qatnashishlari mumkin. Forum Italiyaning Triest 2019-yil 26-30-sentabr kunlari  boʻlib oʻtadi. Forum There’s no time left: Environment, Right, Geopolitics shiori ostida oʻtkaziladi.

Forum mavzulari:

  1. Spaces / Environment / Rights.
  2. Right to time and to its rhythm.
  3. Right to information and to science / geopolitics.
  4. Historical-cultural profiles, past and present imaginations in arts, literature, photography, cinema; ties between environment and history. Environment’ and space / cities’ anthropology.

Grant kimlar uchun?

18 dan 35 yoshgacha boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumda ishtirok etish imkoniga ega boʻlgan nomzodlarning 2019-yil 26-30-sentabr kunlari Italiyaning Triest shahrida 4 kecha yashash, ovqatlanish xarajatlari qoplab beriladi. Forum yakunida tashkilotchilar transport xarajatlari uchun koʻpi bilan 500 yevro pul ajratadi. Materialla forum yakunida www.castellodiduinopoesia.org saytida e’lon qilinadi. ishtirochilar sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzodlar ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha oliygohda tahsil olayotgan talabalar yoki shu sohada ishlayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod 18 dan 35 yoshgacha boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Forum boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 30-iyungacha qabul qilinadi. Ariza shaklini: shu yerda toʻldirasiz.

Arizada quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

  1. Oʻzingiz haqingizda ma’lumotlar (500 ta belgigacha).
  2. Ma’ruza navzusi (150 ta belgigacha).
  3. Ma’ruzaning qisqacha mazmuni (1500 ta belgigacha).
  4. Qoʻchimcha hujjatlardan ingliz tili sertifikati, visa haqida ma’lumot, pasport nusxasi, diplom va diplom ilova kabilar kerak boʻlishi mumkin.

Grant boʻyicha savollar tugʻilganda dirittodidialogo@gmail.com manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar taqdim etayotgan muammoning dolzarbligi, liderlik qobiliyati kabilarga koʻra saralanadi.

Natijalar 2019-yil 14-iyulda eʼlon qilinadi.

Forum boʻyicha savollar tugʻilganda: dirittodidialogo@gmail.com manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!