×

Italiyada turli sohalarda doktorantura o’qish uchun grantlar


Grant

MUHLAT

31.08.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1567 marta

Scuola Normale Superiore universiteti Italiyadagi eng yaxshi universitetlardan biri bo’lib, Piza va Florensiya shaharlarida kampuslariga ega. Universitet dunyoning eng obro’li 5 ta universitetlari qatoriga kirib, ayniqsa, ilm-fan sohasidagi tadqiqotlari bilan tanilgan.

Universitet 2015-2016-o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlarda doktorantura bosqichiga 86 ta grant ajratgan:

Piza shahrida

  • Falsafa (7 ta o’rin);
  • Zamonaviy adabiyot va falsafa (8 ta o’rin);
  • Klassika (6 ta o’rin);
  • San’at tarixi (5 ta o’rin);
  • Zamonaviy va hozirgi davr tarixi (5 ta o’rin);
  • Fizika (7 ta o’rin);
  • Kondensatsiyalangan holat fizikasi (Condensed matter physics) (6 ta o’rin);
  • Matematika (6 ta o’rin);
  • Moliyaviy matematika (5 ta o’rin);
  • Molekulyar fanlar metodlari va modellari (4 ta o’rin);
  • Neyrofanlar (Neurosciences) (5 ta o’rin);
  • Biofizika (8 ta o’rin).

Florensiya shahrida:

  • Uyg’onish davri (Renessans) tadqiqotlari (4 ta o’rin);
  • Siyosatshunoslik va sotsiologiya (10 ta o’rin).

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURANI TUGATGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Bepul ta’lim;
  • Stipendiya (yiliga 14187 yevro);
  • Safar xarajatlari;
  • Tekin ovqatlanish;
  • Va boshqa tadqiqotga aloqador xarajatlar.

Talablar:

Kim uchun:

  • 2015-yilning 31-oktabrigacha magistratura darajasini tugatadigan;
  • 1985-yil 31-oktabrdan keyin tug’ilgan arizachilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA  ro’yxatdan o’tgach to’ldiriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

  • Pasport nusxasi;
  • Europas rshaklidagi rezyume;
  • Magistratura darajasida yozilgan ilmiy ish (iloji bo’lsa, ingliz tilida). Tezis ingliz tilidan boshqa tilda yozilgan bo’lsa, kengaytirilgan mazmuni ingliz tilida taqdim etilishi kerak;
  • Diplom baholar varaqasidan nusxa (Ingliz tiliga o’girilishi kerak);
  • Chop etilgan maqolalari bo’lsa, ularning ro’yxati va nusxalari;
  • Ilmiy tadqiqot rejasi (Research proposal);
  • Tavsiyanoma berish uchun ikki shaxsning aloqa uchun ma’lumotlari.

Yuqoridagi barcha hujjatlar ingliz yoki italyan tilida bo’lishi lozim. Ariza to’ldirish bo’yicha savollar bilan filippo.paoli@sns.it manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Dastlabki bosqichdan o’tganlar bilan ingliz yoki italyan tilida suhbat o’tkaziladi. Suhbatga qabul qilinganlarga 2015-yilning 16-sentabrigacha xabar beriladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!