×

Italiyaning Tusha universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

05.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

4011 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovini e’lon qildi.

Bu dastur doirasida jami 20 nafar talabaga toʻliq grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grantlar Tusha universitetining quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi:

  • Circular Есоnоmу (Aylanma iqtisodiyot)
  • Forestry and Environmental Sciences (О’rmоп xoʻjialigi va atrof-muhit fanlari)
  • Plant Biotechnology for Food and Global Health (Oziq-ovqat vа global salomatlik uchun оʻsimlik biotexnologiyasi)

Dars mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Vazirlik tomonidan ikki yillik taʼlim dasturlarida oʻqishga yuboriladigan 20 nafar talabalar uchun jami З10 000 (uch yuz oʻn ming) уеvrо miqdordagi xarajatlar Yevropa Ittifoqining “Budjetni qoʻllab-qvvatlash” loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Saralab olingan nomzodlarga quyidagi xarajatlar stipendiya sifatida qoplab beriladi:

  • kunlik xarajatlar uchun bir akademik oʻquv yiliga 7000 уеvrо (yetti ming уеvrо);
  • safar xarajati va oʻquv adabiyotlari xarajatlari uchun yiliga 2500 уеvrо (ikki ming besh yuz yevro) mablagʻ beriladi.

Toʻlovlar quyidagi grafik asosida amalga oshiriladi:

  • birinchi toʻlov Italiyaga yetib borganlaridan keyin hamda 202412025 oʻquv yiliga roʻyxatga olingandan keyin 1 (bir) оу muddatda;
  • ikkinchi toʻlov birinchi semestr yakunlangandan keyin;
  • uchinchi toʻlov ikkinchi semestr yakunlangandan keyin. Taʼlim olish universitet tomonidan qabul qilingan standartlar, talablar vа оʼquv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Agar talaba 2025-уi| iyuligacha 18 ta СFU (Universitet taʼlim krediti) toʻplaganda, Universitet tomonidan talabaning keyingi oʻquv yili uchun stipendiyasi berilishi belgilanadi va toʻlovlar yuqorida koʻrsatilgan grafik asosida uchga boʻlib amalga oshiriladi

Talablar:

Ushbu grant uchun saralash tanlovida quyidagi nomzodlar ishtirok etishi mumkin:

  • 31.12.1993 sanasidan keyin tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
  • 31.12.2016 sanasidan keyin Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasining bakalavriat darajasiga еgа boʻlganlar yoki 2024-yil 31-iyulgacha bakalavr darajasini oladigan bitiruvchi talabalar.
  • bakalavr darajasida oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (GPA) Italiya tizimi boʻyicha kamida 27/З0 ega bo’lganlar.
  • ingliz tilida kamida В2 xalqaro sertifikatga (IELTS, САЕ, TOEFL, PITMAN, ESD, Pearson) ega boʻlganlar.

Italiya universitetlarida bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim olgan shaxlar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Shuningdek, yuqoridagi magistrlik dasturlarining talablari bilan BU YERDA tegishli dastur sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda talabgorlar 2024-yilning 5-iyunigacha tegishli magistrlik dasturlaridan biriga qariza topshirishi lozim. Buning uchun BU YERDA tegishli magistrlik dasturini tanlab, shu dastur uchun talab etiladigan hujjatlarni yuklash orqali ariza topshiriladi. Yuklangan hujjatlar universitet xodimlari tomonidan tekshiriladi va mazkur nizomning talablariga javob bergапnomzodlar ikkinchi bosqichda suhbatga taklif qilinadi.

Ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (taʼlim yo‘nalishiga qarab) har bir ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat naytijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi.

Uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:
a) quyidagi havola orqali onlayn shakldagi ariza;
b) amaldagi xorijga chiqish pasporti;
d) bakalavr diplomi *(agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, bakalavr darajasini 2024-yil 31-iyulga qadar olishi to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumotnoma);
e) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi (yoki ma’lumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida ma’lumotnoma;
f) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki to‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV);
h) Qiziqishlari haqida (Motivatsiya xati) insho;
j) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvofaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval ushbu dastur Nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo‘shimcha savollar uchun better.regulation@agro.uz email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!