×

Italiya: barcha xarajatlari qoplanadigan tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

10.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

3178 marta

Italiyada joylashgan The Vittore Branca International Center 3 oylik rezidensiya tadqiqot dasturi uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi 2019-yilning aprelidan 2020-yilning apreligacha davom etadigan kurslar uchun mo’ljallangan. Dastur san’at tarixi, Venetsiya tarixi va adabiyoti, musiqa, drama, dastlabki bosma kitoblar, qiyosiy sivilizatsiyalar va ma’naviyat mavzulari bo’yicha tadqiqotlar olib borayotgan va Italiya madaniyatiga qiziqish bildirgan olimlar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Doktarantura (PhD) va post-doktarantura tadqiqotchilari, professorlar, yozuvchilar va san'at ustalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Grantning umumiy miqdori 3100 yevro.
  2. G’olib Venetsiyaning San Giorgio Maggiori orolidagi  Vittore Branca Center Residenceda 3 oy davomida istiqomat qilish va rezidensiya qulayliklaridan tekin foydalanish imkoniga ega bo’ladi.
  3. Bundan tashqari g’olib tadqiqotchiga safar harajatlari, tadqiqot uchun kerakli asbob-anjomlar va boshqa kundalik harajatlarning hammasi to’lab beriladi.
  4. Dastur uchun ajratilgan joylar soni 8ta.

Talablar:

  1. Grantga barcha davlat vakillari hujjat topshirishlari mumkin;
  2. Nomzod doktarantura yoki post-doktarantura tadqiqotchisi bo’lishi zarur.
  3. Nomzod italyan san’ati tarixi, Venetsiya tarixi, adabiyoti, musiqa, drama, dastlabki bosma kitoblar, qiyosiy tsivilizatsiyalar va ma’naviyat mavzulari bo’yicha tadqiqotlar olib borayotgan olim bo’lishi kerak;
  4. Nomzod Italiya tarixiga katta qiziqish bildirishi va bu sohada olib borayotgan ishlarini kelgusida ham davom ettirishni maqsad qilgan bo’lishi kerak;
  5. Nomzodning tadqiqot ishi Vinetsiyadagi Fondazione Giorgio Cini kutubxonasi arxivida saqlanayotgan hujjatlar asosida bo’lishi maqsadga muvofiq;
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish muddati tugagach, barcha nomzodlar dastur komissiyasi tomonidan saralash bosqichidan o’tkaziladi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bilan suhbat o’tkaziladi. Odatda suhbat onlayn video-konferensiya ko’rinishida bo’lib o’tadi. Suhbatda nomzoddan tadqiqotiga oid qo’shimcha materiallar so’ralishi mumkin. Natijalar 2019-yil aprel oyining oxiriga qadar barcha nomzodlarga e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Diplom(lar) va baholar nusxasi.
  3. Magistrlik ishi nusxasi (doktarantura talabalari uchun), doktorlik ishi nusxasi (post-doktarantura tadqiqotchilari uchun) hamda mavzuga doir barcha ilmiy ish va maqolalar, qo’llanma va ishlanmalar (agar mavjud bo’lsa).
  4. CV.
  5. Tadqiqot ishi rejasi va tadqiqot dasturi (1 500 so’zdan iborat).
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. Tilni bilish haqidagi sertifikat.

Barcha hujjatlar chop etilib, 2019-yilning 10-martiga qadar quyidagi manzilga jo’natilishi kerak:

Fondazione Giorgio Cini onlus
Secretariat – Vittore Branca Center
Island of San Giorgio Maggiore
30124 Venice
Italy

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni dastur nizomidan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun + 39 041 2710253 raqamiga yoki centrobranca@cini.it elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!