×

Italiya: Magistraturada o’qish uchun 50%gacha grant; joy – 100tagacha!


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

3331 marta

Italiyaning Milan shahrida joylashgan Moda va dizayn instituti (Istituto Moda e Design) magistraturada o’qishni xohlovchi xorijiy nomzodlar uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. Ushbu grant maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Grant 100 nafargacha xorijiy talabalarga berilishi rejalashtirilgan.

Grant dasturiga ariza topshirish muhlati qaysi yo’nalishga hujjat topshirishga qarab farq qiladi. Quyidagi yo’nalishlarda o’qishni xohlovchilar 2018-yilning 30-noyabrigacha hujjatlarni topshirishi lozim:

Yuqoridagi sohalardan biriga 2018-yilning 30-noyabrigacha hujjat topshirgan va shu muddatgacha grantga ariza topshirgan nomzodlar grant dasturiga qabul qilinsa, o’qishni 2019-yilning fevral oyidan boshlashadi.

Quyidagi yo’nalishlarda o’qishni xohlovchilar 2019-yilning 15-martigacha hujjatlarni topshirishi lozim:

Yuqoridagi sohalardan biriga 2019-yilning 15-martigacha hujjat topshirgan va shu muddatgacha grantga ariza topshirgan nomzodlar grant dasturiga qabul qilinsa, o’qishni 2019-yilning noyabr oyidan boshlashadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada moda va dizayn bo'yicha o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan talabalrga kontrakt summasining 25 yoki 50 foizi to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Agar nomzod o’zi tanlagan sohada ish tajribasiga ega bo’lsa, bakalavrlik diplomi bo’lmasa ham magistrlik dasturlaridan biriga va grantga hujjat topshirsa bo’ladi.
  • Nomzod o’zi tanlagan kurs o’qitiladigan tilni (ingliz/italyan) bilishi kerak. Ingliz tilida o’qitiladigan kurslarga hujjat topshirayotganlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatni (IELTS/TOEFL) ham topshirishi kerak. Bu hujjatga minimum talab ko’rsatilmagan.

Grantga ega bo’lish uchun asosiy kriteriya posrtfolio (nomzod tomonidan qilingan ishlar ro’yxati/na’munlari) hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab yuqorida sanab o’tilgan magistrlik dasturlaridan birini tanlab, unga qo’yilgan talablar bilan tanishib chiqishi lozim. So’ng ushbu magistrlik dasturiga kirish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlab (yo’nalishiga qarab hujjatlar farq qilishi mumkin), grantga ariza bilan birgalikda master@rm-modaedesign.it elektron manziliga yuborishi kerak.

Hujjat qabul qilish bosqichidan o’tganlar bilan Skype orqali suhbat o’tkaziladi. Suhbat muddatlari nomzodlarga email orqali xabar qilinadi.

Grant yutgan nomzodlar esa 2019-yil fevralda boshlanuvchi kurslar uchun 2018-yilning 5-dekabrigacha, 2019-yil noyabrda boshlanuvchi kurslar uchun 2019-yilning 20-martigacha e’lon qilinadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!