International Team for Implantology (ITI) – implantatsiya stamatologiyasi (implantation dentistry) sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning yirik birlashmasi hisoblanadi. Dunyo bo’ylab 22 universitetda Assotsatsiyaga tegishli jami 26 ta stamatalogiya markazi mavjud bo’lib, bu yerda stamatologiya tadqiqot va amaliyoti olib boriladi.
ITI tomonidan tashkil etilgan the ITI Scholarship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur dunyo bo’ylab barcha mamlakatlardan bo’lgan inplantatsiya stamatologlariga ITIga tegishli markazlarda biy yillik amaliyot dasturida bo’lib, bilim va tajribalarini oshirish imkonini beradi. ITI’ning stamatologiya markazlari dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, stamatologlar esa o’zlari tanlagan davlatda amaliyot o’tashlari mumkin.
Grant kimlar uchun?
Stamatologlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
ITI Scholarship Program dasturiga har yili 20 nafar mutaxassis qabul qilinadi va ularning barchasiga bir yil davomida yashash xarajatlariga yo’naltirish uchun grant beriladi. Grant labaratoriya joylashgan davlatdan kelib chiqib mahalliy pul birligida to’lanadi. Stipendiyaning umumiy qiymati taxminan 300 000 Shveytsariya kronasiga teng bo’ladi, lekin uning aniq miqdori mahalliy pul birliklari va narxlardan kelib chiqib belgilanadi. Turli davlatlarda joylashgan markazlarda amaliyot olib boruvchilarga qancha miqdorda stipendiya berilishini bu yerdan ko’rishingiz mumkin.
Talablar:
Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:
- Nomzod Stamatologik Jarrohlik (Stamatologiya) yo’nalishi bo’yicha bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ilmiy darajasini olgandan so’ng turli klinikalarda kamida 2 yil davomida stamatologiya bo’yicha ish tajribasi orttirgan bo’lishi zarur.
- Nomzod bilimga va o’rgatishga chanqoq bo’lishi kerak.
- ITI birlashmasining jami 26 ta stamatologik markazlari Avtraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Gong Kong, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Meksika, Gollandiya, Serbiya, Ispaniya, Shvedsiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va AQShda joylashgan. Nomzod qaysi davlatdagi markazda amaliyot o’tamoqchi bo’lsa, shu davlat tilini yaxshi bilishi talab etiladi. Ariza topshirish vaqtida nomzoddan til bilish darajasini isbotlovchi sertifikat talab qilinmaydi, lekin ba’zi markazlarga sertifikat taqdim etish zarur. Bu yerdan ITI stamatologiya markazlari ro’yxati va shartlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar bu yerda 2019-yil 31-maydan 30-iyungacha qabul qilinadi.
Ariza topshirishda kerakli hujjatlar:
- Passport nusxasi.
- Ingliz tilida motivatsion xat. Xat PDF formatida, 2 sahifa hajmda bo’lishi kerak. Hujjat tayyor bo’lgach, nomzod uni imzolab, keyin topshirishi zarur.
- Qo’lda imzolangan 2 ta tavsiyanoma (ingliz tilida). Tavsiyanomalarda tavsya beruvchining elektron pochta manzili ham ko’rsatilishi kerak.
- Passport hajmidagi fotosurat.
- Til sertifikati (majburiy emas).
Barcha hujjatlar PDF formatida bo’lishi kerak. Dasturda ishtirok etgan mutaxassislar fikrlari bilan bu yerda tarnishing.
Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki +41 61 207 83 83 raqami va
scholarship@iti.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.