IUCN Leaders Forum tabiatni muhofaza qilish hamda biologik xilma-xillikni taʼminlash boʻyicha innovatsion loyihalarda faol ishtirok etib kelayotgan yosh yetakchi va innovatorlarni bir joyga jamlash va oʻzaro aloqa oʻrnatish uchun har yili tashkil etilgan dastur hisoblanadi.
Dastur 2024-yil 8-10-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadi. Forum davomida dunyo boʻylab yigʻilgan yetakchilar ishtirokida atrof-muhitga ijobiy taʼsir qiluvchi gʻoya va yechimlar ilgari suriladi. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
18-35 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Forum bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi. Jumladan:
- 2024-yil 8-10-oktabr kunlari Jeneva shahrida boʻlib oʻtadigan IUCN Leaders Forumida bepul ishtirok etadi.
- 2024-yil 7-11-oktyabr kunlari Jenevada mehmonxonada turar joy bilan taʼminlanadi.
- Shveytsariyaga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
- Dastur bilan bogʻliq oziq-ovqat va boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi
- Ishtirokchilar dunyo boʻylab xususiy sektor, hukumat va fuqarolik jamiyatining obroʻli liderlariga atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha loyihalarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzodlar 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlishi kerak. Shartli ravishda 35 yoshdan kattalar ham qabul qilinishi mumkin.
- Tabiatni muhofaza qilish, biologik xilma-xillik, iqlim oʻzgarishi yoki barqaror rivojlanish sohalarida innovatsiya va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
- Hozirda tabiat, iqlim va biologik xilma-xillik inqirozlarini hal qiluvchi innovatsion yechim ustida ishlayotgan va bir yoki bir nechta ijtimoiy muammolar (masalan, energiya-tabiat-iqlim aloqasi; oziq-ovqat-qishloq xoʻjaligi-tabiat-iqlim aloqasi; tabiat va odamlar uchun shahar landshaftlarini oʻzgartirish va h.k.) markazida boʻlish xususiyatiga ega boʻlish kerak.
- Loyihalari tenglik, inklyuzivlik, avlodlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan, qolaversa, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda inson huquqlariga asoslanuvchi nomzodlar ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.
- Ozchilik guruhlari vakili hisoblanuvchi yoshlar, shuningdek, butun dunyodan kelgan yosh ayol liderlar va innovatorlar ariza topshirishlari tavsiya etiladi.
- Forum butunlay ingliz tilida olib boriladi, shu sababdan ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun arizalar 2024-yil 28-may Oʻzbekiston vaqti bilan 22:00 ga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirishda nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va dastur bilan bogʻliq bir nechta savollarga (150-200 soʻz bilan) javob berishi kerak.
MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.