×

IUCN Leaders Forum: 18-35 yoshlilar uchun Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanuvchi 3 kunlik forum


Grant

MUHLAT

17.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2893 marta

IUCN Leaders Forum tabiatni muhofaza qilish hamda biologik xilma-xillikni taʼminlash boʻyicha innovatsion loyihalarda faol ishtirok etib kelayotgan yosh yetakchi va innovatorlarni bir joyga jamlash va oʻzaro aloqa oʻrnatish uchun har yili tashkil etilgan dastur hisoblanadi.

Dastur 2023-yil 11-13-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadi. Forum davomida dunyo boʻylab yigʻilgan yetakchilar ishtirokida atrof-muhitga ijobiy taʼsir qiluvchi gʻoya va yechimlar ilgari suriladi. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forum bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi. Jumladan:

  • 2023-yil 11-13-oktabr kunlari Jeneva shahrida boʻlib oʻtadigan IUCN Leaders Forumida bepul ishtirok etadi.
  • 2023 yil 10-14 oktyabr kunlari Jenevada mehmonxonada turar joy bilan taʼminlanadi.
  • Shveytsariyaga borish sayohat xarajatlari qoplanadi.
  • Dastur bilan bogʻliq oziq-ovqat va boshqa xarajatlar moliyalashtiriladi
  • Ishtirokchilar dunyo boʻylab xususiy sektor, hukumat va fuqarolik jamiyatining obroʻli liderlariga atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha loyihalarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlishi kerak. Shartli ravishda 35 yoshdan kattalar ham qabul qilinishi mumkin.
  • Tabiatni muhofaza qilish, biologik xilma-xillik, iqlim oʻzgarishi yoki barqaror rivojlanish sohalarida tajriba va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Kunming-Monreal Global Bioxilma-xillik dasturi doirasidagi maqsadlarga hozirda hissa qoʻshayotgan yoki kelejakda hissa qoʻshuvchi innovatsion loyiha ustida ishlayotgan boʻlishi kerak.
  • Loyihalari tenglik, inklyuzivlik, avlodlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan, qolaversa, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda inson huquqlariga asoslanuvchi nomzodlar ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.
  • Forumga janubiy davlatlardan keluvchi yoshlar, shuningdek, butun dunyodan kelgan yosh ayol liderlar va innovatorlar ariza topshirishlari tavsiya etiladi.
  • Forum butunlay ingliz tilida olib boriladi, shu sababdan ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2023-yil 16-iyun Oʻzbekiston vaqti bilan 22:00 ga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirishda nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va dastur bilan bogʻliq bir nechta savollarga (200-300 soʻz bilan) javob berishi kerak.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan forum@diadrasis.org manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!