×

IUCN Leaders Forum – Koreyada 3 kunlik forum. Aviachipta, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.


Grant

MUHLAT

05.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

6327 marta

IUCN Yetakchilar forumi (IUCN Leaders Forum) har yili butun dunyo bo‘ylab yetakchilar va yangilik yaratuvchilarni to‘plab, muhim global muammolarga yechim topish maqsadida o‘tkaziladigan tadbir hisoblanadi. Ushbu forum orqali hamkorlik aloqalari o‘rnatish, tabiatni muhofaza qilish, barqarorlikni ta’minlashda ta’sirli choralash ko‘rish hamda ishtirokchilarga dadil majburiyatlar yuklash uchun bir qancha harakatlar amalga oshiriladi.

Bu yil IUCN Yetakchilar forumi 2022-yil 13-15-oktabr kunlari Koreya Respublikasining Jeju provinsiyasida bo‘lib o‘tadi va asosiy e’tibor  “Building nature-postive economies and societies (Tabiatga ijobiy munosabatda bo‘luvchi iqtisodiyot va jamiyatni qurish)” mavzusiga qaratiladi.

Tadbir uch asosiy maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, ulqr quyidagilar:

  • Ittifoqlar va yangi hamkorlarni yaratish, innovatsion yechimlarni aniqlash va ushbu masala bo‘yicha xalqaro siyosat kun tartibini ilgari surish maqsadida nufuzli va innovatsion yetakchilar (hukumat, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va boshqalar)ni  yig‘ish.
  • Rivojlanayotgan muammolarni muhokama qilish va tabiat, iqlim bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha kelajakdagi bozor kuchlarini shakllantirishga yordam berish uchun maydon yaratish.
  • Yosh yetakchilarni kashf etish uchun platforma yaratish, ularning harakatlaridan xabardorlikni oshirish va o‘z loyihalarini yanada rivojlantirishlari uchun davlat va xususiy sektor hamkorlari bilan bog‘lanish.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

  • Ishtirokchilar 2022-yil 13-15-oktabr kunlari Koreyaning Jeju shahrida bo‘lib o‘tadigan IUCN Yetakchilar forumida qatnashish orqali xususiy sektor, hukumat va fuqarolik jamiyatining nufuzli global yetakchilariga o‘z loyihangizni taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladi.
  • Koreyaning Jeju viloyatiga borish-kelish xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.
  • 2022-yil 12-16-oktabr kunlari Jejuda yashash uchun mehmonxonadan bepul xona ajratiladi.
  • Dastur davomida oziq-ovqat va boshqa xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod 18-35 yosh orasida bo‘lgani ma’qul (35 yoshdan katta nomzodlar tegishli tartibda talablarga qay tarzda mos tushishiga qarab tanlanishi mumkin. Lekin 18 yoshdan kichik bo‘lganlarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi.)
  • Tabiatni muhofaza qilish, biologik xilma-xillik, iqlim o‘zgarishi yoki barqaror rivojlanish sohalarida yetakchilik va innovatsiyalar tajribasiga ega bo‘lish lozim.
  • Nomzod hozirgi vaqtda tabiatga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi jamiyat va iqtisodiyotni qurishga hissa qo‘shadigan innovatsion loyiha ustida ishlayotgan bo‘lishi kerak.
  • Dasturga, ayniqsa, loyihalari tenglik, inklyuzivlik, yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydigan, shuningdek, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda inson huquqlariga asoslangan yondashuvni qo‘llaydigan nomzodlar ariza topshirishlari maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

IUCN Leaders Forum uchun nomzodlar One Young World tomonidan tuzilgan qisqa ro‘yxat asosida tanlanadi. Forum uchun arizalar 2022-yil 5-avgustgacha qabul qilinadi.

Ariza shaklini BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!