×

Yaponiya: PhD bosichida o’qish uchun to’liq grant va oylik 1100 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

09.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

5086 marta

Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar ilmiy tadqiqot universiteti – United Nations University Institute for the Advanced Study of Sustainability (UNU-IAS) PhD in Sutainability Science dasturida oʻqishni xohlagan tadqiqotchilar uchun Japan Foundation for UNU (JFUNU) dasuriga arizalar qabul qilmoqda. Mazkur dasturga qabul qilinganlar 2021-yilning sentabridan oʻqishni boshlaydi. Mazkur dasturda oʻqish 3 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  • Oʻqish haqi (tuition fee) toʻliq qoplab beriladi.
  • 3 yil davomida har oy 1200 yen (taxminan 1100 dollar) stipendiya bilan taʼminlanadi.

Talablar:

Grant dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. OECD DAC roʻyxatida rivojlanayotgan davlat sifatida koʻrsatilgan mamlakat fuqarolari ushbu grantga nomzod boʻla oladi (Oʻzbekiston roʻyxatga kiradi).
  2. Hozirda Yaponiyada ishchi viza asosida yashayotganlar mazkur grant dasturiga ariza topshira olmaydi.
  3. UNU-IAS universitetining oʻzida ikkinchi PhD darajasini olish uchun oʻqishni istagan nomzodlar grant dasturida ishtirok eta olmaydi.
  4. Nomzod magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Ingliz tili malakasi sertifikatiga ega boʻlishi kerak: IELTS 7,0 yoki TOEFL PBT 600 yoxud TOEFL IBT 100 (agar COVID-19 sababli IELTS/TOEFL testini topshira olmagan boʻlsangiz, muqobil til bilish sertifikatlari ham qabul qilinishi mumkin. Bu masala yuzasidan universitetning qabul idoraga quyidagi email orqali murojaat qilishingiz mumkin: ias.admissions@unu.edu).
  6. Nomzodning Sustainability Science sohasiga qiziqishi baland boʻlishi kerak.
  7. Nomzod global muammolarni tushunish va tadqiq qilishga tayyor boʻlishi zarur.
  8. Nomzod universitetni tamomlagandan soʻng UNU-IAS tadqiqot yoʻnalishlariga mos keladigan sohalardan birida kamida 2 yil ish tajribasiga ega boʻlishi lozim. Agar nomzod 2 ta magistrlik diplomiga ega boʻlsa va kamida 1 tasi Sustainability Science sohasiga aloqador sohada boʻlsa, 2 yillik tajriba talab etilmaydi.

Nomzodlarni saralash ularning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga layoqati va salohiyati, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi, akademik yutuqlari, taqdim etayotgan loyihasining universitet ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, til bilish darajasiga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga alohida ariza topshirilmaydi, PhD in Sustainability Science dasturiga ariza topshirayotganda grantga sifatida koʻrib chiqilishini xohlagan nomzodlar grant uchun ham kerakli maʼlumot va hujjatlarni taqdim etishi kerak boʻladi.

Dasturda arizalar 2021-yil 9-aprelga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar dastlab PhD in Sustainability Science dasturiga ariza topshirish boʻyicha koʻrsatmalar bilan tanishib chiqishi lozim. Koʻrsatmalarni BU YERDAN topasiz.

Shundan soʻng, nomzod onlayn tarzda dastlabki arizani qobul komissiyasiga yuboradi. Dastlabki ariza shakli BU YERDA. Dastlabki ariza topshirilgan, 24 soat ichida email orqali asosiy arizani topshirish uchun havola yuboriladi.

Asosiy arizani toʻldirish davomida topshhirilishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxati KOʻRSATMALARda batafsil keltirilgan.

Natijalar nomzodlarga dedlayndan 6-8 hafta oʻtgandan keyin eʼlon qilinadi.

Koʻp beriladigan savollarni BU YERDAN topasiz.

Qoʻshimcha savollar yuzasidan universitetga SHU YERDAGI forma orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!