×

Jack Grapes Poetry Prize: Ingliz tilida she’ringizni topshiring va 500 AQSH dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

31.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5386 marta

Cultural Weekly jurnali tomonidan tashkil etilgan Jack Grapes Poetry Prize 2021 tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda havaskor va professional shoirlar ingliz tilida yozilgan hamda hali hech qayerda chop etilmagan she’rlar bilan ishtirok etish mumkin. Tanlovda ishtirok etish bepul.

Grant kimlar uchun?

Shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:

  • 1-oʻringa loyiq deb topilgan 3 nafar sheʼr mualliflarining har biri 500 AQSH dollari mukofot bilan taqdirlanadi, ularning sheʼri nashr etiladi.
  • Yana 9 nafar ning har biri 500 AQSH dollari mukofot bilan taqdirlanadi, ularning sheʼri nashr etiladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovda bir ishtirokchi faqat 1 ta she’r bilan ishtirok etishi mumkin.
  • She’rlar ingliz tilida bo’lishi kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan she’rlar hech qayerda chop etilmagan va nashr qilinmagan bo’lishi kerak. Biror kitob, jurnal yoki veb-sayt, jumladan, Facebook, Twitter yoki Instragam kabi tarmoqlarda eʼlon qilingan sheʼrlar ham chop etilgan hisoblanadi va qabul qilinmaydi.
  • She’rlar yozilgan hujjatning sahifalari raqamlangan bo’lishi kerak.
  • Tanlovda qatnashish orqali ishtirokchi topshirilgan ish chindan ham oʻzining sheʼri ekanligi, bosma yoki elektron shaklda hech qachon chop etilmagani, biror nashr uchun topshirilmagan yoki qabul qilinmaganligini kafolatlaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Sheʼrlar 2021-yilning 31-avgustiga qadar onlayn tarzda BU YERDAGI arizani toʻldirish orqali topshirilishi lozim. Onlayn arizani topshirishda soʻralgan shaxsiy maʼlumotlar kiritiladi va sheʼr matni ariza shakliga yoziladi / qoʻyiladi. Shuningdek, sheʼr nomi ham kiritiladi, agar sheʼr nomsiz boʻlsa, “Untitled” deb yoziladi.

Agar onlayn arizani topshirishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, support@culturaldaily.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!