Polshaning Krakov shahrida joylashgan Jagiellonian universiteti butun dunyodan boʻlgan bakalavr, magistr va doktorantlar uchun quyidgai 2 ta yozgi maktabni taklif etmoqda:
- Summer School I: Methods and Tools of Complexity
- Summer School II: Development and Challenges in the Complex World
Yozgi maktabda onlayn yoki oflayn (Polshaga borgan holda) qatnashish mumkin. Bu yilgi yozgi maktab 2023-yil 3-14-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Yozgi maktablardagi mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.
Dastur doirasida jami 50 nafargacha ishtirokchiga stipendiya ajratish rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur imtiyozlari quyidagilardan iborat:
- Ishtirok etish bepul.
- 4250 PLN (taxminan 954 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi. Bu summani safar va turar joy xarajatlari uchun ishlatish mumkin. Bu stipendiya jami 50 nafargacha talabaga ajratiladi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Istalgan davlat fuqarosi ariza topshirishi mumkin.
- Stipendiyalar faqat Polshadan boshqa davlat rezidentlari va Polshadan boshqa davlatdagi universitet talabalari uchun beriladi.
- Nomzodlar bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabasi boʻlishi lozim.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak (barcha mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi). Lekin ariza topshirish vaqtida ingliz tili sertifikati talab etilmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2023-yil 15-martgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun nomzodlar quyidagi yozgi maktablar uchun belgilangan ariza shaklini toʻldirishi va yuborishi kerak (tegishli yozgi maktab ustiga bosing):
- Summer School I: Methods and Tools of Complexity
- Summer School II: Development and Challenges in the Complex World
Ariza shaklida tegishli maʼlumotlarni topshirishdan tashqari, muqova xati (cover letter) va CV yuklash kerak. Muqova xatida loyihada qatnashish uchun nomzodning motivatsiyasi va nomzod undan qanday foyda olishi tasvirlanishi kerak. Shuningdek, quyidagi hujjatlar ham toʻldirib, ariza shakliga yuklanishi kerak:
- Project Participation Declaration
- Project Participant Statement on Personal Data Processing
- RODO-POWER Statement
- RODO-NAWA Statement
- RODO-JU Statement
- Project Participant Additional Consent
Barcha hujjatlar ingliz tilida toʻldirilishi lozim. Stipendiyaga talabgor sifatida koʻrib chiqilishni xohlovchilar buni ariza shaklida koʻrsatishi kerak (ariza shaklida stipendiya haqida savol bor, shunga “YES” degan javob belgilanadi).
Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: isad@uj.edu.pl.