×

Jahon Banki guruhining  Yoshlar Sammiti


Grant

MUHLAT

03.10.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1992 marta

Umumiy ma’lumot:

Jahon Banki guruhining 2015-yildagi Yoshlar Sammiti iqlim o’zgarishiga e’tibor qaratib, butun dunyodan iqlim o’zgarishiga qarshi ish olib borayotgan yoshlarni bir joyga jamlaydi. Sammitda qatnashish uchun yoshlar iqlim o’zgarishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha o’z fikrlarini boshqalar bilan baham ko’rishni va bu sohada bilimlarini oshirishni maqsad qilishi lozim.

Sammit 2015-yil 16-17-noyabr kunlari AQSh poytaxti Vashington shahrida bo’lib o’tadi. Sammit davomida iqlim o’zgarishiga qarshi eng yorqin g’oyalarni aniqlash bo’yicha tanlov ham o’tkaziladi.

Kim uchun:

  • 18-35 yoshdagilar;
  • Ingliz tilida so’zlasha oluvchilar;
  • Iqlim o’zgarishiga qarshi biznes, innovatsion go’ya yoki siyosiy takliflari bor yoshlar.

Tanlovga yakka shaxs sifatida yoki guruh bo’lib ariza topshirish mumkin. Agar guruh bo’lib ariza topshirmoqchi bo’lsangiz, guruh a’zolarining soni 5 tadan oshmasligi lozim.

Grant miqdori:

Tanlov uchun qabul qilingan yoshlar 2015-yil 16-17-noyabr kunlari Vashingtonda bo’ladigan sammitda qatnashish huquqini qo’lga kiritadi. Anjuman davomida ular o’z g’oya va takliflarini boshqa qatnashchilar oldida namoyish qiladi va ular orasidan g’olib aniqlanadi. Dastur sammitda qatnashish uchun tanlangan nomzodlarning safar xarajatlari va turar-joy xarajatlarini qoplaydi. Sammitdagi tanlovda g’olib chiqqan nomzod yoki nomzodlar jamoasiga mukofotlar taqdim etilad. (Mukofot miqdori keyinroq e’lon qilinadi).

Ariza to’ldirish tartibi:

  • 2000-3000 ta so’zdan iborat g’oya taklifi (Inshoda yoziladigan mavzu bo’yicha SHU YERDAN batafsil ma’lumot oling);
  • G’oya taklifi ingliz tilida to’ldirilishi kerak;
  • G’oya taklifi «PDF»shaklida va 10 MBdan oshmagan hajmda topshirilishi kerak;
  • Go’ya taklifiga tanishtiruv xati (cover letter) yozilishi lozim. Namuna SHU YERDA.

Tanlov qoidalari bilan SHU YERDA tanishish mumkin.

G’oya taklifi youthsummit@worldbank.org manziliga yuborilishi lozim. Xatning mavzusiga “WBG Youth Summit 2015 Climate Change Competition” deb yozilishi kerak.

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 3-oktabr Vashington vaqti bilan kechki 11:59.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!