×

Jahon Banki: Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi; oylik maosh beriladi; safar xarajatlariga – 3 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

31.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

8214 marta

Jahon Banki – World Bank dunyoning turli shaharlarida joylashgan filiallarida economics, finance, human development (public health, education, nutrition, population), social sciences (anthropology, sociology), agriculture, environment, engineering, urban planning, natural resources management, private sector development, Accounting, Communications, Human Resources Management, Information Technology, Treasury kabi sohalarda tahsil olayotgan magistr va doktorantlarini The World Bank Summer Internship Program stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzodlar bankning turli davlatlardagi filiallarida, asosan, AQShning Vashington shatatida joylashgan bosh ofisida amaliyot oʻtaydi. Dastur kamida 4 hafta davom etadi. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Iqtisod, moliya, sogʻliqni saqlash, ta’lim, oziq-ovqat, ijtimoiy va agrar soha fanlari, ekologiya, muhandislik, xususiy sektorni rivojlantirish va boshqa sohalarida oʻqiyotgan magistr va doktorantlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari uchun kunlik toʻlov vas afar xarajatlari uchun 3 000 USD mablagʻ beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod economics, finance, human development (public health, education, nutrition, population), social sciences (anthropology, sociology), agriculture, environment, engineering, urban planning, natural resources management, private sector development, Accounting, Communications, Human Resources Management, Information Technology, Treasury kabi sohalari yoki shunga mos keladigan turdosh soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  2. Nomzod ayni vaqtda economics, finance, human development (public health, education, nutrition, population), social sciences (anthropology, sociology), agriculture, environment, engineering, urban planning, natural resources management, private sector development, Accounting, Communications, Human Resources Management, Information Technology, Treasury kabi sohalaridan biri boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod soha boʻyicha ish tajribasi hamda notiqlik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak. Fransuz, ispan, rus, arab, portugal va xitoy tilini bilgan nomzodlarga usturlik beriladi.
  5. Ayol nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin.
  6. Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 31-yanvargacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish: shu yerda amalga oshiriladi.
  4. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Statement of Interest.
  • Ayni vaqtda magistratura/PhD kursida oʻqiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Shaxsiy ma’lumotlar soʻralishi mumkin.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Grant haqida toʻliq ma’lumot olish uchun savol-javoblarni oʻqib chiqing.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:  shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!