×

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotidan qisqa metrajli filmlar tanlovi: mukofot – 10 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

31.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1817 marta

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (WHO) tomonidan tashkil etilgan Health for All filmlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovga kelib tushgan arizalar orasidan saralab olingan filmlar xalqaro Health for All festivalida namoyish qilinadi. 

Tanlovda butun dunyo bo’ylab mustaqil kinorejissyorlar, prodyuserlik kompaniyalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoalar, talabalar va kino maktablari qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga uchta kategoriya bo’yicha qisqa metrajli filmlar qabul qilinadi:

Universal Health Coverage (UHC) – shoshilinch va favqulodda vaziyat hisoblanmaydigan yuqumli, yuqmaydigan va ruhiy kasalliklar haqidagi filmlar uchun.

Health Emergencies – sog’liqni saqlash bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar, masalan, COVID-19, Ebola, yuqumli kasalliklarning boshqa manbalari, tabiiy ofatlar va urush zonalarida sog’liqni saqlash to’g’risidagi filmlar uchun.

Better Health and Well-being – Sog’liqni saqlashning ekologik va ijtimoiy omillari, masalan, ovqatlanish, sanitariya, ifloslanish va sog’liqni saqlashni targ’ib qilish yoki sog’liqni saqlash bo’yicha ta’lim haqidagi filmlar uchun.

Tanlov uchun topshiriladigan filmlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish maqsadida maxsus tayyorlangan 3-8 daqiqali filmlar, yoki umumiy 1-5 daqiqali animatsion filmlar bo’lishi mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor rejissorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovdagi 3 kategoriya bo’yicha, har bir kategoriya uchun, bir nafardan g’olib aniqlanadi. Har bir g’olibga 10 000 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi. 

Undan tashqari, talaba tomonidan ishlangan eng yaxshi film uchun, yoshlar uchun mo’ljallangan eng yaxshi film uchun hamda aynan ijtimoiy tarmoqlar uchun mo’ljallangan eng yaxshi film uchun 5 000 dollardan mukofot beriladi.

Talablar:

  • Tanlovga 2018-yil 1-yanvardan 2021-yil 30-yanvargacha vaqtda tushirilgan filmlar qabul qilinadi.
  • Filmlar davomiyligi 1-5 daqiqa, yoki 3-8 daqiqa bo’lishi mumkin.
  • Filmlaristalgan tilda bo’lishi mumkin, ingliz tilida subtitrlar taqdim etilsa kifoya.
  • BMT, WHO yoki BMTga aloqador tashkilotlar hamkorligida ishlangan filmlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Ilgarie’lon qilingan filmlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Filmlar1920 X 1080 pikselda, MP4, 10MB/s bo’lishi zarur.
  • Tanlovgaa bir ishtirokchi faqat bitta film topshirishi mumkin. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 31-yanvargacha bu yerda qabul qilinadi. Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!