×

James Rice Postgraduate Award: Avstraliyada tibbiyot bo’yicha PhD kursi uchun to’liq grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1388 marta

Avstraliyada joylashgan Australian National University (ANU) tomonidan taqdim etiladigan James Rice Postgraduate Award grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant College of Health and Medicine and the John Curtin School of Medical Research (JCSMR) tibbiyot fakulteti qoshida PhD, ya’ni, doktorantura tadqiqotini olib borish uchun hujjat topshirgan eng iqtidorli tadqiqotchiga belgilanadi. Dasturga JCSMR fakultetida tarqoq skleroz (ing. multiple sclerosis, rus. рассеянный склероз) kasalligiga oid mavzularda tadqiqot qilish niyatidagi, o’z tadqiqot mavzusi hamda rejasiga ega tadqiqotchilar qabul qilinadi.

JCSMR fakultetida mavjud tadqiqot kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

PhD kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grant yutib olgan tadqiqotchiga 3 yil davomida yashash xarajatlari va boshqalar uchun yetarli miqdordagi stipendiya har ikki haftada to’lab beriladi. Stipendiya miqdori qabul xatida ko’rsatiladi va xarajatlarni qoplash uchun yetadigan to’liq grant bo’ladi.
  • Tadqiqotchining va unga qaram bo’lgan farzandlarining barcha yo’l xarajatlari qoplab beriladi.
  • Kanberra shahriga ko’chib o’tish uchun tadqiqotchining oilasiga jami 1530 Avstraliya dollaridan oshmagan mablag’ belgilanadi. Bunda kattalar uchun 530 Avstraliya dollaridan, bolalar uchun uchun 262 Avstraliya dollaridan mablag’ ajratiladi.
  • Turar joy va oziq-ovqat uchun alohida mablag’ ajratilmaydi, tadqiqotchi bu xarajatlar uchun stipendiyasidan foydalanadi.

Talablar:

  • Nomzod Australian National University tibbiyot bo’yicha PhD kurslaridan biriga o’qishga kirishi kerak.
  • Nomzod olib borayotgan tadqiqot va qabul qilingan PhD kursi tarqoq skleroz kasalligiga aloqador bo’lishi lozim.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirgan PhD kursi qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  • PhD kursiga qabul uchun nomzod bakalavr va magistratura diplomiga, tadqiqot tajribasiga, nashrlariga va IELTS, TOEFL kabi test sertifikatlariga ega bo’lishi lozim.
  • A’lochi, ilmiy yutuqlari yuqori va ilmiy jihatdan faol nomzodlarning grant yutish ehtimoli baland bo’ladi.
  • Grant full-time shaklidagi PhD kurslari uchun beriladi. Part-time talabalarga grant berilishi masalasini universitet hal qiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

PhD kursiga faqatgina Australian National University’da faoliyat yuritadigan, nomzodga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin shaxs bilan kelishilgandan keyin hujjat topshirish mumkin. Ariza yuborilayotgan vaqtda nomzodning tadqiqot mavzusi va ilmiy rahbari aniq bo’lishi lozim. Grant haqida batafsil ma’lumot grant nizomida berilgan. Ilmiy rahbar topgach, bu yerda PhD kursiga bu yerda hujjat topshiring. Hujjat topshirish muhlatini kursga mas’ul shaxslar bilan bog’lanib bilib olishingiz mumkin.

Ingliz tili talablari haqida bu yerda o’qing.

Ilmiy rahbar topish haqida bu yerda va bu yerda o’qing.

Dastur haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun jcsmr.hdr.sa@anu.edu.au manzili orqali Dr Marco Casarotto bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!