QShdagi Janubiy Karolina Universitetining Ommaviy Diplomatiya bo’yicha Markazi 2015-2017-yil uchun stipendiya dasturini ochiq deb e’lon qiladi. Dastur ishtirokchilari ilmiy tadqiqot va shunga o’xshash faoliyat bilan shug’ullanib, dastur yakunida kamida ikkita natijaga erishishlari kerak:
1) markaz nashr qiladigan jurnalda ilmiy ishlari xulosasini chop etishi
2) markaz saytining bloglar bo’limi uchun bir necha seriyali blogpostlar yozishi lozim.
Dastur dunyoning turli davlatlari yoki mintaqalari bo’yicha diplomatiyaning tarixiy yoki zamonaviy jihatlarini yoritib beruvchi ilmiy tadqiqot takliflarini qabul qiladi. Unga har yili 3 ta ishtirokchi qabul qilinadi va ular 2 yil dasturda ishtirok etishadi. Hozirgi dastur ishtirokchilari olib borayotgan tadqiqot mavzulari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
DIPLOMATLAR VA SOHA TADQIQOTCHILARI UCHUN
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturni muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilarga 2000 dollar miqdorida stipendiya beriladi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga Janubiy Karolina Universiteti talabalaridan ilmiy tadqiqot yordamchisi ham tayinlanadi.
Talablar:
Kim uchun:
Ommaviy diplomatiya sohasida ishlaydigan mutaxassislar yoki shu sohada ilmiy ish qiladigan tadqiqotchilar dasturda qatnashishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza to’ldirish tartibi:
- To’ldirilgan ariza shakli (SHU YERDA);
- Rezyume;
- Ilmiy tadqiqot taklifi amiri@usc.edu manziliga yuborilishi lozim. Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 1-sentabr. Natijalar 2015-yilning oktabr oyida e’lon qilinadi