×

Janubiy Koreya: 5 kunlik yozgi lager; xalqaro sertifikat beriladi!


Grant

MUHLAT

08.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

3958 marta

Janubiy Koreyaning YOUTHNOW tashkiloti 17 dan 39 yoshgacha ijtimoiy faol talaba-mutaxassislarni SDGs CAMP 2019- Seoul&YeongWol yozgi lagerida qatnashishga taklif etadi. Dastur 2019-til 22-26-iyul kunlari 5 kun davomida Janubiy Koreyaning Seul va YengVol shaharlarida boʻlib oʻtadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod ijtimoiy faol, kirishimli, moslashuvchan va ingliz tilini yaxshi biladigan boʻlishi kerak. Mavzu: Youth and Urban Regeneration”.

Grant kimlar uchun?

17 yoshdan 39 yoshli ijtimoiy faollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etadigan nomzodlar 500 USD badal toʻlaydilar. Bu mablagʻ ichiga quyidagilar kiritilgan:

  1. Oziq-ovqat.
  2. Turar joy.
  3. Mahalliy transport.
  4. Sayohat va madaniy tadbirlaruda, lagerda qatnashish imkoni beriladi.
  5. Xalqaro darajadagi sertifikat beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod 17-39 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy faol, kirishimli, moslashuvchan va ingliz tilini yaxshi biladigan boʻlishi kerak.
  • Nomzod dasturda qatnashish haqini toʻlay olishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 8-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun roʻyxatdan oʻting.
  3. Roʻyxatdan oʻtayotganda barch qizil bilan belgilangan “yulduzcha”lar (*) mavjud qatorlarni toʻliq yozish kerak.
  4. Sahifa yakunida Privacy Policy qismiga “I agree” deb belgilang, aks holda hujjatingiz koʻrib chiqilmaydi.
  5. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  6. Agar jarayonda savol tugʻilsa, shu yer orqali aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi, moslashuvchanligi, ijtimoiy faolligi, kirishimliligi, samimiyligi, liderligi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: https://www.unhabitatyouth.kr/contact

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!