×

Janubiy Koreya: 6 kunlik yozgi oromgoh!


Grant

MUHLAT

01.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

6920 marta

AYFN’s Korea Cultural Camp Program dasturi koreys tili va madaniyatiga qiziqadigan barcha yoshlarni o’zining navbatdagi yozgi lageriga taklif qilmoqda. Dasturdan maqsad koreys tilini o’rganayotgan chet ellik yoshlarni Janubiy Koreya Respublikasi, uning madaniyati, tili hamda urf-adatlari bilan yaqindan tanishtirishdir. Dasturda 17-27 yosh oralig’idagi koreys tilini har qanday darajada biladigan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur 2019-yilning 22-iyulidan 27-iyuligacha davom etadi. Dastur davomida ishtirokchilar koreys tili kurslarida qatnashish, Nami oroliga safar, Seul shahridagi madaniy obidalar hamda diqqatga sazovor joylarga tashriflar uyushtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

AYFN’s Korea Cultural Camp Program haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Koreys tili va madaniyatiga qiziqadigan barcha talabalar va yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda o’qish uchun to’lov AYFN a’zolari uchun 550 AQSh dollari, tashkilotga a’zo bo’lmaganlar uchun 625 AQSh dollarini tashkil etadi. Qatnashchilar quyidagilar bilan ta’minlanadilar:

  • Koreys tili mashg’ulotlari.
  • Incheon (Seul) ayroportidan olib ketish va dastur oxirida eltib qo’yish uchun transport.
  • Uch yulduzli mehmonxonadan turar joy.
  • Shahar ichidagi transport xarajatlari uchun 50 000 KRW (tahminan 45 AQSh dollari)miqdoridagi mablag’.
  • Uyushtiriladigan barcha tashriflar, madaniy va ijtimoiy dasturlarda qatnashish uchun bepul chiptalar.
  • Ro’yxatdan o’tish xarajatlari.
  • AYFN dasturida qatnashganlik to’g’risidagi sertifikat.
  • Bepul nonushta, tushlik hamda dastur oxiridagi xayrlashuv kechasi.

Qatnashchilar quyidagi xarajatlarni o’zlari qoplashlari kerak:

  • Safar xarajatlari (qatnashchining ona yurtidan Seulga borish va qaytish uchun aviachipta)
  • Kechki ovqatlar
  • Viza hamda sug’urta xarajatlari
  • Boshqa shaxsiy xarajatlar

Nomzodlar yozgi maktabga qabul qilinganlaridan so’ng ASEAN Youth Friendship Network orqali to’lovni amalga oshirishlari talab etiladi. Dastur jami 15ta qatnashchga mo’ljallangan.

Talablar:

  • Dasturga barcha davlar fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  • Nomzod 17 -27 yoshda bo’lishi kerak.
  • Nomzod koreys tili va madaniyatiga qiziqish bildirishi kerak.
  • Nomzod yangi muhitga tez o’rgana olishi kerak.
  • Nomzod dastur to’lovini to’lay olishi kerak (ishtirokchilarga hech qanday grant yoki chegirmalar berilmaydi).
  • Nomzod jismoniy va aqliy sog’lom bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi oromgohda qatnashish uchun onlayn ro’yxatdan o’tish yetarli bo’ladi. Ro’yxatga olish joriy yilning 1-apreligacha davom etadi. Dastur faqat 15ta ishtirokchi uchun mo’ljallangan bo’lib, nomzodlar soni shunchaga yetganida ro’yxatga olish muddatidan oldin ham tugatilishi mumkin.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!