×

Janubiy Koreya: Academy of Korean Studies Universiteti kurslari uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

09.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

4675 marta

Janubiy Koreyada joylashgan Academy of Korean Studies universiteti tomonidan taqdim etiladigan magistratura, doktorantura hamda tadqiqot kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Kurslarda koreys millati, madaniyati va Janubiy Koreyaga oid izlanishlarni chuqurlashtirish, koreyashunoslikni targ’ib qilish va shu mavzuga qiziquvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida grant o’rinlari ham taklif etiladi. Academy of Korean Studies universitetida quyidagi kurslar mavjud:

 

  • Gumanitar fanlar bo’yicha magistratura va doktorantura kurslari
  • San’at va madaniyat yo’nalishlari bo’yicha magistratura va doktorantura kurslari
  • Ijtimoiy fanlar bo’yicha magistratura va doktorantura kurslari
  • Xalqaro koreyashunoslik bo’yicha magistratura va doktorantura kurslari
  • Shu yo’nalishlarda tadqiqot (ilmiy darajada berilmaydi, tadqiqot olib borish imkoni yaratib beriladi).

 

 

Grant kimlar uchun?

Magistratura, doktorantura kurslari o'qish yoki tadqiqot qilishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Universitetga qabul qilingan xorijlik (o’ziva ota-onasi Janubiy Koreya fuqarosi bo’lmagan) talabalar o’qish to’lovidan ozod qilinadilar.
  • Talabalarning katta qismiga bir yil davomida oyiga 750 000 von (664 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
  • O’qish davomida universitetda ishlash va maosh olish uchun ish o’rinlari mavjud.
  • Universitetda yotoqxona mavjud, bir semestr uchun to’lov – 543 000 von (481 AQSh dollari).
  • Talabalar stol tennisi va trenajor zalidan bepul foydalanadilar.

Talablar:

  • Magistraturaga qabul uchun bakalavr diplomi, doktoranturaga qabul uchun magistratura diplomi talab qilinadi. Baholar yuqori bo’lsa, grant miqdori ham oshadi.
  • Nomzod ingliz yoki koreys tilini yaxshi bilishi talab etiladi. Bunda Korean Culture & Society fakultetiga qabul uchun kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 80 sertifikati kerak bo’ladi. Boshqa barcha kurslar uchun kamida TOPIK 4 zarur. TOPIK 5 yoki 6 sertifikatiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Koreys tilini biladigan, ammo TOPIK sertifikati yo’q nomzodlar suhbatdan o’tgan holda koreys tili darajalarini ko’rsatishlari mumkin.
  • Tadqiqot kurslari bir yilgacha muddatda koreyashunoslik bo’yicha  tadqiqot olib borish imkonini beradi. Bu dasturga qabul uchun bakalavr diplomi talab qilinadi. 

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda 9-noyabrga qadar qabul qilinadi.  Arizani bu yerda to’ldiring. Hujjat topshirish uchun 50 AQSh dollari ariza to’lovi mavjud.

Topshirilgan hujjatlar va TOPIK sertifikati talabga javob bergan nomzodlar video suhbatga taklif qilinadilar. H

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza
  • Fotosurat
  • Personal statement
  • Tadqiqot rejasi
  • Diplom va baholar
  • Tavsiyanoma
  • Til sertifikati.

 

Bu hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Nomzod o’qishga qabul qilinsa, boshqa hujjatlar va bu hujjatlarning asl nusxalarini yuborish kerak bo’ladi. Dastur, qabul jarayoni va talablar haqida batafsil bu yerda tanishing. 

Ma’lumot uchun: admission_intl@aks.ac.kr 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!