×

Janubiy Koreya: bakalavr kurslari uchun 100% gacha grant va bepul turar joy


Grant

MUHLAT

24.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2448 marta

Janubiy Koreyada joylashgan SUNY Korea universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun 2020-yil kuzda boshlanadigan kurslarga qabul 24-iyulga qadar uzaytirildi. Universitet bakalavr kurslariga qabul qilingan a’lochi, yetakchilik sifatlariga ega va sport, fan va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan yoshlar uchun SUNY Korea Shared Prosperity Scholarship grantlari mavjud. Universitetda quyidagi bakalavr kurslari o’qitiladi:

  • Business Management
  • Computer Science
  • Technological Systems Management
  • Mechanical Engineering
  • Applied Mathematics & Statistics

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Shared Prosperity Scholarship granti iqtidorli, ammo o’qish to’lovini to’lashda muammolarga duch kelayotgan talabalarga beriladi. Grant taqdim etilgan talabaning o’qish to’lovi (to’liq yoki qisman) hamda dasturga oid xarajatlari to’lab beriladi,  unga universitet yotoqxonasida bepul yashash imkoni beriladi.

Talablar:

Universitetga qabul va grantni yutib olish uchun:

  • Nomzodning baholari juda yuqori bo’lishi, maktabni (litseyni, kollejni) eng iqtidorli va a’lochi o’quvchilar safida tamomlagan bo’lishi kerak
  • IELTS, TOEFL, SAT kabi testlarda yuqori ball to’plagan bo’lishi zarur (SAT yoki ACT testlari ixtiyoriy, lekin topshirsangiz, qabul qilinish ehtimoli ortadi)
  • Nomzod darsdan tashqari mashg’ulotlar, ko’ngilli ish va boshqalar orqali yetakchilik sifatlari, iste’dodi va yutuqlarini namoyish etgan bo’lishi zarur
  • Grant berilgandan keyin ko’rsatkichlari pasaymasligi shart
  • Nomzod elchixona yoki hukumat idoralaridan maxsus tavsiyanoma taqdim etgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitet tarkibidagi Stony Brooks University bakalavr kurslariga hujjatlarni bu yerda topshirish mumkin. 2020-yil kuzda boshlanadigan kurslarga hujjat topshirishning so’nggi kuni 2020-yil 24-iyul. 2021-yil yanvarda boshlanadigan kurslarga hujjatlarni 30-noyabrgacha topshirish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Baholar.
  2. ACT (kod: 7029_ yoki SAT (kod: 7442) test natijalari (ixtiyoriy).
  3. Ko’pi bilan 650 so’zdan iborat shaxsiy bayonot (personal statement).
  4. Tavsiyanoma.
  5. Ingliz tili testi: ELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 80 (TOEFL uchun kod: 7499).
  6. 50 AQSh dollari ariza to’lovi.
  7. 5 mavzudan biriga insho (ixtiyoriy).
  8. Qo’shimcha hujjatlar (sertifikatlar kabi).

Hujjat topshirish va qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing. Murojaat uchun iec@sunykorea.ac.kr elektron manzilga xabar yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!