×

Janubiy Koreya: Magistratura va PhD tadqiqotchilari uchun to`liq grant va oylik 2 100 AQSh dollargacha stipendiya


Grant

MUHLAT

18.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

3641 marta

Koreyaning  University of Science and Technology – UST tadqiqot instituti xorijlik tadqiqotchilardan 2020-yil kuzda boshlanadigan magistratura hamda PhD kurslari uchun arizalar qabul qilmoqda. Tadqiqotchilar bir vaqtning oʻzida oliygohda oʻqish va tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar. Dasturga chet el fuqarolari va chet elda yashovchi, koreys millatiga mansub fuqarolar ariza berishlari mumkin. UST va undagi maktablar, kurslar haqida shu yerda bilib oling.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, PhD tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Oliygoh tadqiqotchilariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish toʻlovi toʻliq toʻlab beriladi: har semester uchun 2 500 000KRW (taxminan 2 100 AQSh dollari).
  2. Oylik stipendiya: magistratura uchun 1 200 000 KRW (taxminan 1 000 AQSh dollari). PhD uchun 1 600 000 KRW (taxminan 1 4000 AQSh dollari).
  1. 90 kungacha xorijda tadqiqot oʻtkazish imkoniyati.
  2. 15 kungacha chet el konferensiyalarida qatnashish imkoniyati.
  3. Olib boriladigan tadqiqotlar uchun moddiy yordam olish (42 000 AQSh dollarigacha).
  4. Yangi muhitga koʻnikish uchun 4 haftalik adaptatsiya dasturida qatnashish. Batafsil maʻlumot bilan shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
  2. Nomzod Koreya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  3. Nomzod UST`ning magistratura/PhD kurslaridan biriga hujjat topshirshi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Nomzod bakalavr/magistrlik diplomiga ega boʻlishi kerak.
  7. 2020-yil avgustgacha oʻqishni tugatadigan nomzodlar ham ariza berishlari mumkin.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida shu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yilning kuzida boshlanadigan kurslar uchun arizalar 2020-yil 18-mrtgacha qabul qilinadi. Buning uchun shu yerdagi ro’yxatdan o’tiladi hamda kerakli kurs topilib, onlayn ariza to’ldiriladi. Barcha kerakli hujjatlar belgilangan oʻrinlarga yuklanadi. Hujjatlar JPG, PDF, HWP yoki MS WORD formatida bo’lishi va 5 MB`dan oshmasligi kerak.

Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza
  2. Bakalavr/magistrlik diplomi nusxasi.
  3. Diplom ilovasi.
  4. Tezis (PhD uchun).
  5. Ingliz tili sertifikati.
  6. Bayonot (Proposal for Study).
  7. Ish joyidan maʼlumotnima (agar mavjud boʻlsa).
  8. Tibbiy koʻrik natijalari.
  9. Tavsiyanoma (kamida 1 ta, koʻpi bilan 3 ta).

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Muhim sanalar:

  • Ariza topshirish muhlati: 18-mart
  • Saralash: 28-aprel
  • Suhbat: 7-14 may
  • Natijalar:     4-iyun, 2020

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +82-42-865-2334

Email: f_adm@ust.ac.kr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!