×

Janubiy Koreya: Yoshlar uchun seminar; barcha xarajatlar qoplanadi; joy – 35ta!


Grant

MUHLAT

17.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

4640 marta

2020-yilning 25-31-may kunlari Seul shahrida “Global Citizenship Education” mavzusida 6th Youth Leadership Workshop – yosh liderlar uchun seminar boʻlib oʻtadi. Ushbu seminar maqsadi turli davlat yoshlarini oʻz mamlakatlarining barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshishi uchun ragʻbatlantirish, shuningdek, global darajada xalqlar oʻrtasida yaqinlikni ta’minlash hisoblanadi.

Seminarda 35 nafar nomzodning xarajatlari toʻliq qoplanishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

19-28 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Toʻliq grantni qoʻlga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Borish va kelish xarajatlari (xalqaro aviachipta) qoplab beriladi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Seulda harakatlanishi uchun transport xarajatlari qoplanadi.
  • Tibbiy sug`urta xarajatlari ham qoplab beriladi.

Nomzodlar viza xarajatlarini oʻzlari qoplashi lozim.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod UNESCOga a’zo davlat fuqarosi boʻlishi lozim.
  2. Nomzod 19-29 yosh oraligʻida boʻlishi lozim.
  3. Nomzod GCEDda global fuqarolik ta’limi boʻyicha kompyuter kursida oʻqishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxhsi bilishi va shu tilda qiyinchiliksiz muloqot qila olishi lozim.
  5. Nomzod seminar mavzusi bilan tanishib chiqqan boʻlishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 17-martgacha qabul qilinadi. Grantga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz yoki rus tilida boʻlishi kerak.

Onlayn-arizani toʻldirib, soʻralgan hujjatlar bilan birga dedlaynga qadar joʻnatish lozim. Seminar haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Grantga ariza berish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda Training@unescoapceiu.org manziliga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi:

Natijalar 26-mart kuni maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: Training@unescoapceiu.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!