×

Yaponiyada tadqiqot olib borish uchun oylik 1450 AQSh dollari stipendiya; borish-kelish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

21198 marta

Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Matsumae Xalqaro fondi PhD/doktorlik darajasiga ega nomzodlar uchun Tadqiqot stipendiyasi dasturini taklif qiladi. Ushbu dasturda butun dunyodan olimlar va tadqiqotchilar qatnashishi mumkin. Bu yilgi dasturga 15 nafar atrofida tadqiqotchi ushbu stipendiya bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Tadqiqot muddati: Nomzodlar 2025-yil aprel va 2026-yil mart oyi oralig’ida 3 oydan 6 oygacha Yaponiyada tadqiqot olib borishi mumkin. Tadqiqot muddati haqida nomzod ariza shaklida ko’rsatib o’tadi.

Mezbon tadqiqot muassasalari: Nomzod tadqiqot olib borish uchun universitet / milliy tadqiqot muassasasi / xususiy tadqiqot muassasalarini o’zi mustaqil tanlaydi. Nomzodlar Matsumae grantiga hujjat topshirishidan oldin tadqiqot muassasasini tanlab, unga hujjat topshirishi va tadqiqot olib borish uchun qabul qilinishi kerak.

Tadqiqot sohasi: Nomzodlar istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun ariza topshirishi mumkin. Biroq tabiiy fanlar, muhandislik va tibbiyot kabi sohalar uchun ustunlik beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD/doktorlik darajasiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy ta’minot bilan ta’minlanadi:

  1. Tadqiqotni olib borish va Yaponiyada yashash uchun oylik stipendiya. Miqdori – har oy 220 000 yen (taxminan 1454 AQSh dollari).
  2. Sayohat va xastalik sug’urtasi puli to’lab beriladi.
  3. Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachiptalar ta’minlanadi.
  4. Yaponiyaga yetib kelganda joylashish uchun beriladigan bir martalik to’lov. Miqdori – 120 000 yen (taxminan 792 AQSh dollari).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Yaponiya fuqarosi bo’lmaslik lozim.
  2. PhD (doktorlik) darajaga ega bo’lishi lozim.
  3. Ariza topshirilgan paytda 45 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak (1979-yilda yoki undan keyin tugʻilgan boʻlish kerak).
  4. Yaponiyadagi tadqiqot davomida izlanish olib borish uchun ingliz yoki yapon tilini yetarli darajada bilishi lozim.
  5. Avval Yaponiyada uzoq muddat yashamagan (sayohat, konferensiyalar va shunga o’xshash qisqa muddatli tashriflar bundan mustasno) va hozirda Yaponiyada yashamayotgan bo’lishi kerak.
  6. Nomzod o’z davlatida barqaror kasb yoki lavozimga ega bo’lishi hamda tadqiqot muddati tugagach o’z davlatiga qaytishi lozim.
  7. Nomzod ushbu grantga ariza topshirishdan oldin Yaponiyada o’zi tadqiqot qilmoqchi bo’lgan universitet/muassasaga hujjatlarini topshirishi va taklif xati (Letter of Invitation/Letter of Acceptance) olishi lozim.

Barcha talablar bilan shu yerda tanishing (“Eligibility Requirements” boʻlimiga qarang).

Dasturga qabul jarayoni:

Navbatdagi dasturuchun arizalar 2024-yilning 1-aprelidan 30-iyunigacha qabul qilinadi.

Nomzod barcha kerakli hujjatlarni tayyorlashi va ularni kompyuterda ingliz tilida to’ldirilib, 2024-yilning 30-iyuniga qadar PDF shaklida application@mif-japan.org lektron pochtasiga yuborilishi kerak. Bu emailga faqat ariza va tegishli hujjatlar yuborilishi lozim, savol soʻrab yozilmasligi kerak.

Quyidagi shaklda yuborilgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi va avtomatik tarzda rad etiladi:

  • Email hajmi 10 MB ga teng yoki undan katta bo’lsa.
  • Hujjatlarning formati PDF’dan boshqa formatda bo’lsa.
  • Emailda zip, rar yoki boshqa formatda siqilgan fayllar ilova qilingan bo’lsa.
  • Emailda biror dastur yoki yuklab olish havolasi bo’lsa.

Hujjatlarni alohida-alohida PDF shaklida yuborish lozim, hamma hujjatni bitta PDF faylga birlashtirmang.

Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Ariza. Arizani BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin. Arizaga nomzodning oxirgi 3 oy mobaynida tushirilgan surati yopishtiriladi. Arizadagi barcha savollarga javob berilishi va u to’g’ri to’ldirilishi kerak. Ariza kandidat tomonidan to’ldirilgan sana yozilgan holda imzolanadi.
  2. Tadqiqot rejasi. Ushbu hujjatda tadqiqot maqsadi, mazmuni va metodologiyasi, tadqiqotning yo’l xaritasi, tadqiqot nomzodning davlatiga qanday foyda keltirishi yoritib berilishi kerak. Shuningdek, tadqiqot olib boriladigan institut (muassasa)dagi qaysi olim bilan birga izlanish olib borish ko’rsatiladi. Tadqiqot rejasi Yaponiyadagi tadqiqot uchun nazoratchi mezbon professor/olim bilan muhokama qilingan holda yozilishi kerak.
  3. Tarjimai hol (CV) va nashr qilingan maqola va ilmiy ishlar roʻyxati. Ushbu hujjatda nozmod tomonidan yozilgan va nashr qilingan barcha ilmiy ish / maqola / kitoblar ro’yxati ular qachon va qayerda chop etilganligi, hammualliflar (agar bo’lsa), necha sahifa ekanligi kabi ma’lumotlar bilan yoziladi. Bunda Yaponiyada nomzod olib bormoqchi boʻlgan tadqiqotga aloqador ishning nomi sariq rangda ajratib belgilanishi kerak.
  4. Nomzodning ish beruvchisi tomonidan yozilgan tavsiyanoma. Unda nomzodning tadqiqot olib borish mahorati va erishgan yutuqlari ko’rsatiladi. Shuningdek, ish beruvchi nomzod tadqiqotga ketgan muddat davomida uning ish joyinining saqlab qolinishi haqida ma’lumot berishi kerak. Tavsiyanoma nomzod hozirda faoliyat yuritayotgan muassasa / ish beruvchi tomonidan berilishi hamda maxsus blankaga (tepasida muassasa emblemasi bor) yozilishi kerak.
  5. Akademik sertifikatlarning nusxalari (bakalavr, magistr va doktorantura diplomlari). Ushbu hujjatlar ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tiliga rasmiy tarjima qiliningan nusxasi ham ilova qilinishi kerak..
  6. Tanlangan institut (muassasa)da birga izlanish olib boruvchi olim tomonidan taklif xati (invitation letter).

MUHIM: Yuqorida hujjatlarning mazmuni va ularga qoʻyilgan talablar umumiy tarzda keltirilgan. Hujjatlar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing (“APPLICATION DOCUMENTS” boʻlimiga qarang).

Murojaat

Savollaringiz boʻlsa, ularni dastur tashkilotchilariga BU YERDAGI shaklni toʻldirish orqali yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!