×

Yaponiya: tadqiqotchi ayollar uchun 8500 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1920 marta

Yaponiyada joylashgan Japanese Association of University Women (JAUW) akademik sohadagi ayollarni qo’llab-quvvatlovchi eng yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Shu tashkilotning tadqiqotchi ayollar uchun maxsus tashkil etilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Yaponiya universitetlarida tadqiqot olib borish istagidagi ayol tadqiqotchilarga moddiy yordam sifatida beriladi. Grantning mazmuni shundan iboratki, Yaponiya fuqarosi bo’lmagan tadqiqotchi ayol Yapon universitetida tadqiqot olib borish niyatida bo’lsa va buning uchun ruhsatnoma va taklifnomaga ega bo’lsa. JAUW granti bu tadqiqotchiga shu tadqiqot vaqtida yashashini moliyalashtirishga yordam beradi. Ushbu grant doirasida grant yutib olgan tadqiqotchilar Yaponiyada 2019-yil oktabr-2020-yil may oylarida 4-6 oy tadqiqot qilishlari kerak bo’ladi. Grant dasturi bo’yicha 2 nafar tadqiqotchiga grant ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

45 yoshgacha bo’lgan tadqiqotchi ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchiga 500 000 yen (taxminan 4420 AQSh dollari) dan 1 000 000 (taxminan 8500 AQSh dollari) yengacha miqdorda grant beriladi. Tadqiqotchi bu mablag’ni safar va yashash xarajatlariga sarflashi mumkin bo’ladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng  mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod ayol kishi bo’lishi va Yaponiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod grantga hujjat topshirishdan oldin o’zi boradigan tadqiqot joyidagi barcha masalalarni hal qilgan bo’lishi kerak – u shu universitet bilan bog’lanib, tadqiqot uchun ruhsat olgan bo’lishi va ilmiy rahbari bilan ham kelishib qo’ygan bo’lishi kerak. Bu haqida taklifnomaga ham ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod 45 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod magistratura yoki doktorantura kursini tugatgan va diplomga ega bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va buni ko’rsatuvchi hujjat taqdim etishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tadqiqot granti uchun arizalar 2019-yil 31-martga qadar pochta orqali qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza – 1-qismi 5 nusxada.
  2. Ariza – 2-qismi 5 nusxada.
  3. Uchta tavsiyanoma. Tavsiyanoma uchun 1-qism arizaning 6-bandidan foydalanish kerak. tavsiyanomalar konvertga solib yelimlangan va muhrlangan bo’lishi kerak.
  4. Qabul xati. Bu xatni nomzod tadqiqot qilish uchun ruhsat olgan Yapon universiteti berishi kerak. Universitet xatni JAUW’ga to’g’ridan-to’g’ri jonatishi kerak. Bu xatdan bitta PDF formatdagi nusxa ham olish kerak, nomzod buni arizaga ilova qiladi.
  5. Salomatlik haqida tibbiy ma’lumotnoma.
  6. 5 x 4.5 o’lchamdagi fotosurat. Bu fotosurat ariza 1-formasiga yopishtiriladi.

Hujjat topshirish uchun barcha hujjatlarni bitta papka qilib, quyidagi manzilga pochta orqali jo’natilishi kerak:

International Fellowship Committee
Japanese Association of University Women
11-6-101 Samoncho, Shinjuku-ku,
Tokyo 160-0017,
JAPAN 

Elektron pochta orqali jo’natilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Natijalar iyun oyida elektron pochta orqali e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun internationalfellow@jauw.org yoki internationalfellow.jauw@gmail.com elektron manzillariga murojaat qilishingiz mumkin. Grant nizomi bilan tanishib chiqish ham juda muhim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!