×

Yaponiyaga stipendiya asosida o’qishni ko’chirish (perevod) imkoniyati: bepul turar joy va oyiga 1050 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

21.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

20143 marta

Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Tokio universiteti (The University of Tokyo) oʻqishini chet el oliygohidan Tokyo universitetiga ko’chirmoqchi bo’lgan talabalarga (transfer students)  Global Science Course grant dasturini taklif qiladi. Ushbu dasturda talabalar oʻqishini Tokio universitetidagi kimyo sohasi bo’yicha bakalavr kurslaridan biriga ko’chirishi mumkin. Oʻqishni koʻchirish bakalavr bosqichining 3-kursiga amalga oshiriladi va Tokio universitetida oʻqish 2024-yil kuzgi semestrdan boshlanadi.

Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant dasturidan maqsad – iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur yakunida bitiruvchilar Bachelor of Science darajasiga ega bo’ladilar. Odatda har yili bu dastur bo’yicha 5 nafar talaba qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: Tokio universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, 2022-yil noyabr holatiga koʻra, Yaponiyada 1-raqamli, dunyoda esa 28-raqamli oliygohdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadi:

  1. Talabaning kontrakt puli to’lashi va kundalik xarajatlari uchun oyiga 150 000 JPY (taxminan 1053 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.
  2. Bepul turar joy ta’minlanadi.
  3. Bepul yapon tili kurslarida qatnashish imkoni beriladi.
  4. Talabaning Tokiyoga joylashishi va boshqa masalalarda ko’maklashish uchun masʼul shaxs (student tutor) ajratiladi.

Universitetga qabul qilingan talaba bir marta 282 000 JPY (taxminan 1982 AQSh dollari) miqdorida qabul qilish badalini (admission fee) toʻlashi kerak bo’ladi.

Universitetda o’qish uchun yiliga 535 800 JPY (taxminan 3765 AQSh dollari) to’lanishi kerak. Batafsil

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod oʻrta maktabdagi (kamida 6 yil) va undan keyingi (kamida 2 yil) taʼlimni Yaponiyadan boshqa davlatda o’qigan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod universitetda uzluksiz taʼlim shaklida (full-time) oʻqiyotgan talaba boʻlishi kerak. Sirtqi taʼlim asosida oʻqiydigan talabalar ariza bera olmaydi.
  3. Nomzod bakalavriatning kamida 2 oʻquv yilini tamomlagan boʻlishi yoki Yaponiyadagi oʻqish boshlangunicha tamomlashi kerak. Hozirda 3 yoki 4-kursda oʻqiyotgan talabalar ham ushbu dasturga ariza bera oladi, faqat qabul qilinsa, oʻqishni 3-kursning boshidan oʻqiydi.
  4. Nomzod kimyo fanidan, shuningdek, matematika, fizika va biologiya fanlarining kamda 2 tasi bo’yicha universitetning bakalavr kurslarida boshlang’ich ta’limni olgan bo’lishi kerak. Bunda nomzod aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlishi shart emas, yuqorida sanalgan fanlarni bakalavriat bosqichida koʻrsatilgan miqdorda oʻqigan boʻlsa, ariza topshira oladi.
  5. Nomzod ariza topshirish vaqtida Tokio universiteti tizimi boʻyicha kamida 62 kreditga ega boʻlishi kerak. Tokio universitetida 13 hafta davomida 105 daqiqlik leksiyalar bilan oʻtiladigan 1 ta fan 2 kreditni tashkil qiladi (boshqa davlatlarda tahsil olgan talabalar shu asosda kreditni hisoblashi mumkin).
  6. Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Nomzoddan TOEFL iBT 80, TOEFL PBT 550 yoki IELTS 6.5 sertifkati talab qilinadi (bu sertifikatlarning olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak). Sertifikat ushbu til imtihonlarini oluvchi muassasa tomonidan bevosita Tokio universitetiga yuborilishi va qabul tugaguncha yetib borishi lozim. Til sertifikatini yuborish uchun maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz (English Language boʻlimi).

Dasturga qabul jarayoni:

Mazkur dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 23-yanvarda boshlanadi va 21-mart, soat 13:00 da yakunlanadi. Arizalar onlayn shaklda, toʻliq ingliz tilida BU YERDA topshiriladi (sahifa oxirida Apply tugmasi bor. Onlayn ariza shakli 2024-yil 23-yanvarda ochiladi).

Onlayn ariza shakli quyidagi qismalardan iborat:

  1. Shaxsiy maʼlumotlar.
  2. Taʼlim tarixi (maktabning 7-sinfidan boshlab, hozirgacha boʻlgan taʼlim haqidagi maʼlumotlar).
  3. Ingliz tili malakasi.
  4. Shaxsiy bayon (Personal statement). Bu bayon ingliz tilida yozilad va 1000 ta soʻzdan oshib ketmasligi kerak. Unda quyidagilar yoritib beriladi:
    – Nega Global Science Course dasturiga ariza berishni xohlashingiz sababi.
    – Bakalavriat bosqichidagi oʻqishingiz davomida oʻzingiz duch kelgan hamda sizning intellektual jihatdan oʻsishingizga taʼsir qilgan akademik qiyinchilik(lar) yoki tajribani va u(lar)ni qanday yengib oʻtganingiz va/yoki ulardan nimalarni oʻrganganingizni tasvirlashingiz hamda muhokama qilishingiz kerak.
    – Asosiy mutaxassisligingiz sifatida Kimyo sohasidan ketishga boʻlgan qiziqishingiz hamda akademik (oʻqish bilan bogʻliq) maqsadlaringiz, shuningdek, kelajakdagi maqsadlaringiz haqida soʻzlab berasiz.
  5. Qoʻshimcha maʼlumotlar: qoʻlga kiritgan akadmik yutuqlaringiz yoki mukofotlar, oʻzingiz qatnashga qoʻshimcha mashgʻulotlar (amaliyot, volontyorlik dasturi kabilar) haqida yozasiz (har biri uchun maksimal soʻzlar soni 500 ta).
  6. Baholash. Hozir oʻqiyotgan universitetingizda ishlaydigan va sizning salohiyatingizga baho beradigan 2 nafar baholovchining kontakt maʼlumotlarini kiritasiz. Bunda 1-baholovchi (A) professor, 2-baholovchi esa (B) professor, dotsent, professor yordamchisi yoki shu darajaga teng kishi boʻlishi kerak.
  7. Ariza toʻlovi. Nomzodlar 10 000 JPY (taxminan 71 AQSh dollari) miqdorida ariza toʻlovi toʻlashi kerak. Buni qanday toʻlash haqidagi maʼlumotni BU YERDAN topasiz.
  8. Kerakli hujjatlar:
    – Oʻrta maktabdagi baholar (7-sinfdan boshlab).
    – Oʻrta taʼlim hujjati (attestat, diplom yoki shunga teng hujjat).
    – Bakalavriatda hozirgacha olingan baholar.
    – Nomzodning talaba ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (talaba hozirda oʻqiyotgan universitet tomonidan beriladi).
    – Kimyo, matematika, fizika va biologiya boʻyicha oʻquv dasturi (neha soat oʻqitilgani, baholash tizimi  va hk).
    – Pasport nusxasi.
    – Ariza toʻlovi toʻlanganligi haqida kvitansiya.
    – Akademik holat boʻyicha tekshiruv roʻyxati (ariza shaklidan topasiz).
  9. Deklaratsiya (ariza shakli oxirida keladi).

MUHIM: Yuqorida keltirilgan ariza topshirish jarayoni va hujjatlar umumiy bayon qilingan. Ular bilan toʻliq tanishib chiqish lozim (BU YERDA tanishing).

Ariza topshirishga kirishishdan oldin quyidagilarni oʻqib chiqing:

Savollar yuzasidan Tokio universiteti vakillariga BU YERDA murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!