×

Jeonbuk University: bakalavr kurslarini Janubiy Koreyada bepul o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

20.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

3260 marta

Janubiy Koreyada joylashgan Jeonbuk National University tomonidan taqdim etiladigan Undergraduate New Students Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Jeonbuk universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar nomzodning baholari va boshqa ko’rsatkichlariga asosan belgilanadi va kontrakt to’lovining 25% qismiga teng miqdordan, to’lovni butunlay qoplaydigan miqdorgacha bo’lishi mumkin. Grantni har yili olish uchun talabaning baholari 4 balli GPA tizimida 2,75 balldan pasayib ketmasligi kerak. Grantlar til sertifikati, baholar va insholarga asosan belgilanadi.

Jeonbuk Universitetida o’qish to’lovi bir semestr uchun taxminan 1750 – 2200 AQSh dollari atrofida. Batafsil bu yerda.

Talablar:

  • Xorijlik sifatida hujjat topshirish uchun nomzodning otasi va onasi Janubiy Korea fuqarosi bo’lmasligi kerak. 
  • Nomzod maktab, litsey yoki kollejni tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Baholari yaxshi yoki yuqori bo’lishi zarur.
  • Nomzod Jeonbuk universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan kurs qaysi tilda o’qitilsa, shu tilni yaxshi bilishi kerak (ingliz yoki koreys). Koreys tili uchun kamida TOPIK 3, ingliz til uchun esa kamida TOEFL iBT 71, IELTS 5,5 kabi sertifikatlar talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Bakalavr kurslariga arizalar 20-noyabrgacha qabul qilinadi. Arizalar avvaliga onlayn tarzda to’ldiriladi. Keyin hujjatlar pochta orqali universitetga yuboriladi. Onlayn ariza 20-noyabrgacha qabul qilinsa ham, 23-noyabrgacha yetib kelgan hujjatlar ham qabul qilinadi. 

Hujjat topshirish uchun http://jbnu.ac.kr veb saytida onlayn ariza topshirish zarur. Ariza to’ldirilgach, kerakli hujjatlarga qo’shib ushbu manzilga yuboriladi:

Chonbuk National University New Silk Road Center 3rd floor, International Cooperation department, 567, Deokjin-gu, Jeonsu-si, Jeollabuk-do. Telefon: 063-270-4653. 

Hujjatlar:

  • Ariza
  • Shaxsiy bayonot va o’qish rejasi
  • Diplom va baholar
  • Pasport nusxasi
  • Til sertifikati.

Yuborilishi kerak bo’lgan boshqa hujjatlar ham mavjud. Ular va boshqa kerakli barcha ma’lumotlar bu yerdagi nizomda ko’rsatilgan (koreys tilida). 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!