×

“Jinoyatdan saqlaning” nomli Respublika seminari


Grant

MUHLAT

30.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2477 marta

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan joriy yilning 12-may kuni huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan hayotiy misollarga asoslangan, huquqiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi “Jinoyatdan saqlaning” nomida seminar bo‘lib o‘tadi. Seminar yakuni bo‘yicha ommabop risolalar va to‘plam nashr etish, ularning taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar va uslubiy tavsiyalar qabul qilish boshlandi.

Taqdim etiladigan maqola va uslubiy tavsiyalar quyidagi yo‘nalishlardan biriga bo‘lishi lozim:

  • Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalari;
  • Huquqiy savodxonlikni oshirishning pedagogik va psixologik uslublari;
  • Jinoyatchilikka qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning samarali mexanizmlari.

Grant kimlar uchun?

Barcha soha qiziquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Talablar:

Ilmiy maqolalar quyidagi talablarga mos ravishda yozilishi kerak:

Ilmiy maqolalar matni to‘liq 3-5 bet hajmda elektron va yozma ravishda topshirilishi lozim. Maqola matni Microsoft Word (Word 2007-2010dan tashqari) dasturida Times New Roman shrifti 14 kegel kattaligida, matn 1,5 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqoridan va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holatda bo‘lishi lozim; maqola mavzusi bosh harflarda ko‘rsatiladi, undan bir qator pastda muallifning ism-familiyasi bosh harflarda ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi va lavozimi to‘liq ko‘rsatiladi, undan 2 interval tashlab matn keltiriladi. Fayl nomi muallif familiyasi bilan nomlanishi kerak. Matn ilmiy-uslubiy, tahrir qilingan hamda sho‘balarga mansubligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Iqtidorli talaba va magistrantlarning ilmiy maqolalariga ilmiy rahbar (maslahatchi) taqrizi talab etiladi.

Barcha talablarga javob bergan va komissiya ko‘rigidan o‘tgan maqolalar ilmiy to‘plamga kiritiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan bepul nashr etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tezis matnlarini Markazning quyidagi elektron manziliga yuborishingiz lozim: tagaasilbek@umail.uz

Sizni qiziqtirgan savollarga (371) 239-15-87 telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!