×

John Innes Centre: Birtaniyada bakalavrlar uchun 8 haftalik yozgi maktab; stipendiya va bepul turar joy taʼminlanadi!


Grant

MUHLAT

16.01.2025

QOLGAN VAQT

26 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

8399 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan John Innes markazi xalqaro bakalavrlar yozgi maktabiga arizalar qabul qilmoqda. Yozgi maktab butun dunyodan boʻlgan bakalavr talabalariga John Innes tadqiqot markazida 8 hafta davomida tadqiqot bilan shugʻullanish imkonini beradi.

Talabalar oʻsimliklar va mikrobiologiya fanlari boʻyicha tajribaga ega boʻladi, dunyoning yetakchi olimlari bilan muloqot qiladi hamda tadqiqot borasida tasavvurga ega boʻladi.

Ishtirokchilar mavjud tadqiqot loyihalaridan birida bevosita ishtirok etadi. Tadqiqot loyihalari va loyihani boshqaruvchi olimlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (2025 projects).

Har haftaning 1 kuni ilmiy muloqot, kompyuter dasturlash, joylarda oʻqganish, ilgʻor taqdimot koʻnikmalari va oldingi yillardagi talabalar bilan karyera boʻyicha muhokamalar kabi mashgʻulotlardan iborat taʼlim tadbirlariga bagʻishlanadi.

Shuningdek, sayrlar, mustaqil pitsa pishirish va barbekyu tayyorlash kabi mashgʻulotlar orqali jamoada ishlash hamda ijtimoiy aloqalarga oid koʻnikmalar ragʻbatlantiriladi.

Dastur yakunida talabalar goʻzal North Norfolk sohilida boʻlib oʻtadigan 2 kunlik konferensiyada taqdimot qiladi hamda oʻz tadqiqotlari natijalari bilan boʻlishadi.

Yozgi maktab 2025-yil 29-iyundan 22-avgustgacha boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Muayyan miqdorda stipendiya beriladi (2025-yil uchun stipendiya miqdori hali tasdiqlanmagan, tasdiqlangandan keyin rasmiy saytda eʼlon qilinadi).
  • Bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Trening, tadqiqot, seminarlar va ijtimoiy tadbirlardan iborat dasturga qatnahsish imkoniyadi.
  • Dunyo tan olgan olimlarning laboratoriyasida ish olib borish va ularning tadqiqotiga hissa qoʻshish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod ariza topshirish vaqtida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi hamda 1-kurs yoki oxirgi kurs talabasi boʻlmasligi kerak (birinchi va oxirgi kurs talabalari ariza topshira olmaydi).
  • Nomzod dasturning tadqiqot loyihalaridan biriga mos sohada tahsil olishi va/yoki shu soha haqida yetarlicha tushuncha va bilimga ega boʻlishi kerak. Tadqiqot sohalari bilan BU YERDA tanishing (2025 Projects).
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2025-yil 16-yanvargacha onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Nomzodlar ariza shaklidagi maydonlarni toʻldirishi va soʻralgan hujjatlarni yuklashi kerak. Ariza shaklida turli savollarga javoblar sifatida shaxsiy bayon (Personal Statement) ham yozish kerak. Ariza topshirishda nomzod 3 tagacha tadqiqot loyihasini tanlashi mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDA koʻrsatilgan kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!