×

John Innes Centre: Birtaniyada bakalavrlar uchun 8 haftalik yozgi maktab; haftalik stipendiya va bepul turar joy taʼminalanadi!


Grant

MUHLAT

19.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

7386 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan John Innes markazi xalqaro bakalavrlar yozgi maktabiga arizalar qabul qilmoqda. Yozgi maktab butun dunyodan boʻlgan bakalavr talabalariga John Innes tadqiqot markazida 8 hafta davomida tadqiqot bilan shugʻullanish imkonini beradi.

Talabalar oʻsimliklar va mikrobiologiya fanlari boʻyicha tajribaga ega boʻladi, dunyoning yetakchi olimlari bilan muloqot qiladi hamda tadqiqot borasida tasavvurga ega boʻladi.

Ishtirokchilar mavjud tadqiqot loyihalaridan birida bevosita ishtirok etadi. Tadqiqot loyihalari va loyihani boshqaruvchi olimlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (2024 projects).

Har haftaning 1 kuni ilmiy muloqot, kompyuter dasturlash, joylarda oʻqganish, ilgʻor taqdimot koʻnikmalari va oldingi yillardagi talabalar bilan karyera boʻyicha muhokamalar kabi mashgʻulotlardan iborat taʼlim tadbirlariga bagʻishlanadi.

Shuningdek, sayrlar, mustaqil pitsa pishirish va barbekyu tayyorlash kabi mashgʻulotlar orqali jamoada ishlash hamda ijtimoiy aloqalarga oid koʻnikmalar ragʻbatlantiriladi.

Dastur yakunida talabalar goʻzal North Norfolk sohilida boʻlib oʻtadigan 2 kunlik konferensiyada taqdimot qiladi hamda oʻz tadqiqotlari natijalari bilan boʻlishadi.

Yozgi maktab 2024-yil 30-iyundan 23-avgustgacha boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Haftasiga 250 funt-sterling stipendiya beriladi.
  • Bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Trening, tadqiqot, seminarlar va ijtimoiy tadbirlardan iborat dasturga qatnahsish imkoniyadi.
  • Dunyo tan olgan olimlarning laboratoriyasida ish olib borish va ularning tadqiqotiga hissa qoʻshish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod ariza topshirish vaqtida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi hamda 1-kurs yoki oxirgi kurs talabasi boʻlmasligi kerak (birinchi va oxirgi kurs talabalari ariza topshira olmaydi).
  • Nomzod dasturning tadqiqot loyihalaridan biriga mos sohada tahsil olishi va/yoki shu soha haqida yetarlicha tushuncha va bilimga ega boʻlishi kerak. Tadqiqot sohalari bilan BU YERDA tanishing (2024 Projects).
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 19-yanvargacha onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Nomzodlar ariza shaklidagi maydonlarni toʻldirishi va soʻralgan hujjatlarni yuklashi kerak. Ariza shaklida maksimal 800 soʻzdan iborat shaxsiy bayon (Personal Statement) ham yozish kerak. Ariza topshirishda nomzod 3 tagacha tadqiqot loyihasini tanlashi mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!