×

Irlandiya: doktorantura uchun 100% grant va 18000 yevrogacha stipendiya


Grant

MUHLAT

29.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1905 marta

Irlandiyada joylashgan Maynooth University oliygohining John and Pat Hume Doctoral Scholarships dasturi doirasida grant yutib olish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur Maynooth Universitetidagi doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Universitetda o’qitiladigan doktorantura kurslari haqida ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

John and Pat Hume grant dasturi bo’yicha uch xil grant mavjud:

  1. Grantning birinchi turini yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod qilinadi va umumiy miqdori 18000 yevro bo’lgan yillik stipendiya bilan taqdirlanadi.
  2. Ikkinchi turdagi grantni yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod qilinadi va yiliga 9000 yevro stipendiya
  3. Uchinchi turdagi grant talabani faqat kontrakt to’lovidan ozod qiladi.

Grnatlar 4 yilgacha muddatda har yili beriladi. 2019-2020 o’quv yili uchun jami 11 nafar talaba grant yutib oladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Maynooth Universitetida o’qitiladigan doktorantura kurslaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’qishga qabul qilingan kurs to’liq stakada o’qitilishi kerak. Sirtqi bo’lim talabalariga grant berilmaydi.
  3. Nomzod magistrlik diplomiga ega bo’lishi zarur.
  4. Nomzodning baholari a’lo bo’lishi kerak.
  5. Nomzod yuqori ko’rsatkichlar va yutuqlarga erishgan bo’lishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi va buni IELTS, TPEFL kabi testlar natijalarida ko’rsatib berishi zarur.
  7. Nomzod o’z tadqiqot taklifi, rejasi va bir qator ilmiy materiallariga ega bo’lgan, tadqiqotga layoqatli va qobiliyatli shaxs bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval Maynooth Universitetda tadqiqot vaqtida talabaga rahbarlik qiladigan o’qituvchi topish kerak (ilmiy rahbar/supervisor), chunki doktorantura kursiga qabul shu asosda amalga oshiriladi. Bu yerda universitetdagi ilmiy rahbarlik qilishi mumkin bo’lgan hamma professorlarning telefon va elektron pochta manzillari berilgan. Nomzod ular bilan gaplashib,  roziliklarini olgach, kurs va grantga ariza topshirish boshlanadi. Grantga arizalar 2019-yil 29-martga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi. Kurslarga esa 31-iyulgacha hujjat topshirish kerak. batafsil

Tavsiyachilar o’z tavsiyanomalarini 29-martgacha alohida jo’natishlari kerak bo’ladi.

Grant nizomi

Hujjat topshirish yo’riqnomasi

Ko’p beriladigan savollarga javoblar

Nomzodga tavsiya beruvchi uchun qo’llanma

Kerakli hujjatlar ro’yxati

Ma’lumot uchun dastur kordinatori Conor Wilkinson bilan humephdscholarship@mu.ie elektron manzili orqali bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!