×

Johnson & Johnson One Young World: tibbiyot xodimlari uchun 6 oylik bepul onlayn trening!


Grant

MUHLAT

27.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1812 marta

Johnson & Johnson hamda One Young World tomonidan tashkil etilgan Johnson & Johnson One Young World Virtual Scholarship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur tashkilotchisi Johnson & Johnson kompaniyasi sog’liqni saqlash bo’yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan hisoblanadi. 

Dastur sog’liqni saqlash va tibbiyot sohalarida xizmat ko’rsatuvchi shaxslar uchun mo’ljallangan hamda ularga 6 oylik virtual treningda, hamda onlayn sammitda ishtirok etish imkonini beradi. 

Dastur 2021-yil mart oyidan avgust oyigacha onlayn tarzda o’tkaziladi. Dasturda Johnson & Johnson kompaniyasining eng malakali mutaxassislari hamda taniqli tashkilot vakillari tomonidan turli seminar, trening, ma’ruzalar o’tkaziladi hamda ishtirokchilarga loyihalar ustida ishlash imkoni beriladi.

Grant kimlar uchun?

Sog'liqni saqlash va tibbiyot xodimlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Myunxenda (Germaniya) o’tkaziladigan yirik One Young World sammitida virtual tarzda ishtirok etish;
  • Johnson & Johnson 6 oylik trening dasturida ishtirok davomida tajribali mutaxassislardan bilim olish;
  • Dastur davomida sohadagi muammolarga yechim topish. 

Talablar:

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin.
  • Dasturga 18-30 yoshli nomzodlar qabul qilinadi. 30 yoshdan oshgan nomzodlarning arizalari ham ko’rib chiqishi mumkin, ammo dastur vaqtigacha 18 yoshga to’lmaydigan nomzodlar qabul qilinmaydi.
  • Dasturga yordamga muhtoj insonlarga tibbiy xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan shaxslar, nodavlat va ijtimoiy tashkilotlar, hamjamiyat va boshqa muassasalar xodimlari hujjat topshirishlari mumkin. Bunda hamshiralar, shifokorlar, doyalar va boshqalar nazarda tutilgan.
  • Hukumat xizmatchilari hisoblangan nomzodlar hujjat topshirish oldidan ruxsatnoma olishlari kerak bo’ladi.
  • Nomzod yetakchilik sifatlariga ega bo’lishi lozim. 
  • Nomzod jamiyatda ijobiy o’zgarishlarga o’z hissasini qo’shib kelayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod shijoatli, faol, kreativ, o’zgarishlardan qo’rqmaydigan, muloqot, guruhda ishlash hamda loyihalarni boshqarish mahoratiga ega shaxs bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak. Dastur ingliz tilida bo’ladi. 

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga 27-noyabrgacha bu yerda hujjat topshirish mumkin. Birinchi saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar dekabr oyida o’zlari haqida video va tavsiyanoma taqdim etishlari kerak bo’ladi. Bu bosqichdan ham o’tganlar yanvar oyida suhbatdan o’tishadi. Yakuniy natijalar fevral oyida e’lon qilinadi. 

Murojaat uchun: info@oneyoungworld.com. Qo’shimcha ma’lumot uchun ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!