×

Jorj Vashington universiteti: Magistratura va doktorantura uchun grant


Grant

MUHLAT

08.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

9498 marta

Amerika Qo’shma Shtatlari poytaxtida joylashgan Jorj Vashington universitetida 2019-yilning kuzida boshlanuvchi magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan The Global Leaders Fellowship grantlariga arizalar qabul qilish boshlandi. Grantni shu OTM ning Foggy Bottom binosida joylashgan fakultetlarga o’qishga kirgan xalqaro talabalar yutib olishlari mumkin.

Dastur doirasida 3 ta grant ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Munosib topilgan uch nafar talabaga grant ajratiladi. Grant 18 tagacha bo’lgan kredit soatlari to’lovini qoplaydi. Talaba a’lo baholarga o’qishi sharti bilan (GPA kamida 3 bo’lishi shart) grant magistratura uchun 3 yilgacha, doktorantura uchun esa 5 yilgacha muddatda kontrakt puli to’liq to’lab beriladi. Yashash, turar-joy, darslik va boshqa ehtiyojlar uchun ketadgan xarajatlarni nomzodning o’zi qoplashi kerak.

Talablar:

Grantlar o’z yurtlarida o’z sohalari bo’yicha yetakchi bo’lib yetishishlari kutilayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Grantga hujjat topshirish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Asosiy talablardan biri: barcha nomzodlar F-1 turdagi viza olgan yoki olishlari mumkin bo’lishi shart. Bu turdagi viza ololmaydigan nomzodlarga grant ajratilmaydi;
  2. Nomzod ilgari AQShda tahsil olmagan va ishlamagan bo’lishi zarur;
  3. Hozirda AQShda yashovchi yoki AQSh fuqaroligiga ega nomzodlarga grant ajratilmaydi;
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak: TOEFL’dan kamida (paper based) 600 yoki (internet based) 100, IELTSdan kamida 7.5 ball talab qilinadi. IELTS olgan nomzod hech qaysi bo’limdan 6dan kam ball to’plamagan bo’lishi zarur;
  5. Nomzod ko’rsatilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi shart. O’zbekiston fuqarolari ham hujjat topshirishlari mumkin;
  6. Grant qoplamaydigan xarajatlarni qoplashga talabaning imkoniyati yetishi ham ko’rsatilishi zarur;
  7. Nomzod universitetning Foggy Bottom binosida joylashgan quyidagi fakultetlardan biriga o’qishga kirgan bo’lishi kerak:
  • College of Professional Studies
  • Columbian College of Arts and Sciences
  • Elliott School of International Affairs
  • Graduate School of Education and Human Development
  • School of Business (Executive Education dasturidan tashqari)
  • School of Engineering and Applied Science.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun onlayn ariza topshirish kerak. Onlayn arizani to’ldirish uchun quyidagi yo’riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

Global Leaders Fellowship dasturi uchun 3 dona hujjat taqdim etilishi zarur. Ularning ro’yxati sizga onlayn ariza topshirish portali orqali ro’yxatdan o’tib, “Global Leaders Fellowship” dasturini tanlaganingizdan keyin ko’rsatiladi:

  1. Ariza formasi.
  2. Nomzodning Jorj Vashington universitetiga 2019-yil kuzgi qabul uchun hujjat topshirganini isbotlovchi hujjat.
  3. Insho (hujjat topshirishingiz sabablari, rejalaringiz va hkz yoritilishi kerak).
  4. Barcha hujjatlarni yuklaganingizdan keyin imzo qo’yasiz.

Eslatmalar

  • Grant uchun ariza topshirish va Jorj Vashington universiteti uchun ariza topshirish bir-biridan alohida jarayondir. Grantga ariza topshirish uchun oldin universitetning o’ziga o’qoshga kirishingiz kerak. 2019-2020-o’quv yili uchun o’qishga qabul qilingan talabalar ro’yxati 2019-yil 5-fevralgacha e’lon qilinadi.
  • Grant yutib olgan talabalar royxati ham 2019-yil apreldan keyin e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!