×

Joseph G. Gordon: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va ovqatlanish uchun grant; stipendiya – 3 400 dollar!


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2392 marta

AQShda joylashgan Wake Forest University tomonidan ajratiladigan Joseph G. Gordon Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Bugungacha universitetgacha bo’lgan o’qish davrini turli qiyinchiliklarga qaramay eng yaxshi natijalar bilan tamomlagan, kuchli xarakter va yutuqlarga ega bo’lgan, eng yetakchi va eng shijoatli yoshlar ushbu grant sohibi bo’lib kelishgan.

Wake Forest universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida saralab olingan 5 nafargacha talabalar o’qish to’lovidan butunlay ozod etilib, bepul yotoqxona bilan ta’minlanadilar va universitet oshxonasida doimiy bepul ovqatlanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ularga 3 400 AQSh dollar stipendiya ham beriladi. Agar talaba tadqiqot qilsa, yoki o’qish yuzasidan boshqa yerlarga sayohat qilsa, qo’shimcha 5 000 AQSh dollari ajratilishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi kerak. Ariza topshirishda oxirgi 4 yillik baholar ko’rsatiladi.
  • Nomzodning baholari juda yuqori bo’lishi, faqat baholardan tashqari, boshqa erishgan yirik yutuqlari bo’lishi zarur. Musobaqa va olimpiadalarda yuqori o’rinlarni olganlik, jamiyatga foydali biror loyihada ishtirok etganlik kabilar grant yutishda ijobiy rol o’ynaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun TOEFL yoki IELTS kabi testlardan necha ball talab etilishini o’zingizni qiziqtirgan kurs sahifasidan bilib olishingiz mumkin.
  • SAT va ACT testlari natijalarini topshirish ixtiyoriy. Topshirgan va topshirmagan nomzodlarning arizalari teng hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Wake Forest universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirish kerak. Arizalar 2020-yil 1-dekabrgacha onlayn tarzda, bu yerda topshiriladi. Ariza topshirish sahifasida ariza topshirishning uchun 4 xil tizim ko’rsatilgan, ulardan istalgan bittasidan foydalanish mumkin. Savollaringiz bo’lsa, admissions@wfu.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!