×

Judith Wright Poetry Prize: she’rlar tanlovida ishtirok eting va 6 000 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

16.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2103 marta

Shoirlar uchun Judith Wright Poetry Prize tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Ijodiy faoliyati endigina shakllanib kelayotgan shoirlarni kashf etish maqsadida o’tkazib kelinadigan ushbu tanlov Malkolm Robertson jamg’armasi tomonidan 2007 yilda tashkil etilgan. Tanlovda o’z muallifligida faqat bitta to’plam chop ettirgan, yoki hali biror marta shaxsiy she’rlar to’plami nashr etilmagan shoirlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mukofot jamg’armasi shu kabi tanlovlarga solishtirganda ancha yirik hisoblanadi va unda dunyoning barcha davlatlaridan bo’lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin egasiga – 6 000 AQSh dollari pul mukofoti;
  • 2-o’rin egasiga – 2 000 AQSh dollari pul mukofoti;
  • 3-o’rin egasiga – 1 000 AQSh dollari pul mukofoti.

Undan tashqari, barcha g’oliblarning she’rlari Overland’s jurnalining 2021-yil kuzgi sonida e’lon qilinadi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlov ishtirokchisi ilgari tijoriy maqsadlarda (sotish uchun va kitob sotish bilan shug’ullanuvchi nashriyot orqali) shaxsiy she’rlar to’plamini faqat bir marta nashr etgan bo’lishi, yoki hali umuman nashr etmagan bo’lishi zarur. 1 tadan ko’p to’plamlari nashr etilgan ijodkorlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin emas.
  • Tanlovga taqdim etilgan she’rlar hali hech qayerda e’lon qilinmagan bo’lishi va e’lon qilish uchun tanlovdan boshqa yerga taqdim etilmagan bo’lishi zarur.
  • Boshqa tanlovlarga taqdim etilgan yoki shunday tanlovlarda ilgari g’olib bo’lgan she’rlar bu tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Tanlovga topshirilgan she’rning hajmi 80 qatordan oshmasligi zarur.
  • Bir ishtirokchi tomonidan bir nechta she’r taqdim etilishi mumkin, bunda har bir she’r uchun alohida to’lov qilinadi.
  • She’rlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga she’rlaringizni 2020-yil 16-noyabrga qadar bu yerda yuborishingiz mumkin. Tanlov uchun yuborilayotgan she’r yozilgan hujjatga o’z ismingiz yoki shaxsingizni ko’rsatishi mumkin boshqa ma’lumotlarni yozmang, aks holda, tanlovdan chetlashtirilasiz.

Tanlovda ishtirok etish pulli – Overland’s jurnaliga obuna bo’lgan shaxslar uchun to’lov 12 AQSh dollarini, obuna bo’lmaganlar uchun esa 20 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu to’lov faqat bitta, hajmi 80 qatordan oshmagan she’r uchun hisoblangan. Birdan ortiq she’r bilan ishtirok etish uchun har bir she’rga alohida to’lov qilish kerak bo’ladi.

Tanlov haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun tanlovning o’tgan sonlarida g’olib bo’lgan she’rlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Hay’at a’zolarining izohlari bilan esa bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!