×

Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti


Grant

MUHLAT

26.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

913 marta

XushnudbekUz kanali jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta’lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish maqsadida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qildi.

Bu grant doirasida 25 nafar bakalavriat talabasiga moddiy yordam mablagʻi ajratiladi. Grantning umumiy qiymati 75 million soʻm.

Grant kimlar uchun?

Istalgan jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralab olingan 25 nafar talabaning har biriga 3 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Bu grantlar jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarga ajratiladi.
  • Nomzodlar istalgan davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabasi boʻlishi kerak.
  • Grantlar kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shaklida tahsil oluvchi talabalarga ajratiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizlar 2023-yil 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

Arizani BU YERDA onlayn tarzda topshirish mumkin (“Ariza topshirish” tugmasini bosing).

Grant bo’yicha biror muammo yoki tushunmovchilik yuzaga kelsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!