×

Jurnalistlar uchun: AQShdagi OAVda 6 oy tajriba orttirish uchun grant dasturi – yo’l, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi va stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

31.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3599 marta

Alfred Friendly Press Partners muassasasi tomonidan tashkil etilgan Alfred Friendly Press Partners General Fellowship dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Alfred Friendly Press Partners Missuri Jurnalistika Maktabi bilan hamkorlikda, “Dunyo bo’ylab jurnalistikani qo’llab-quvvatlash” shiori ostida faoliyat yuritib keladi va jurnalistlarni qo’llab-quvvatlovchi turli dasturlarni tashkil etadi. General Fellowship dasturi rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan jurnalistlar uchun mo’ljallangan. Dasturga qabul qilingan jurnalistlar Missuri jurnalistika maktabida tajriba orttirishadi, mahoratlarini oshirish uchun turli dasturlarda ishtirok etishadi va AQShning eng yetakchi tahririyatlarida faoliyat yuritadilar. General Fellowship dasturi 2022-yil mart oyidan sentyabr oyigacha, AQShda bo’ladi..

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan jurnalistning oziq-ovqat, turar joy va yo’l xarajatlari qoplanadi va har kunlik ehtiyojlari uchun stipendiya beriladi.

Talablar:

  • Nomzod 25-35 yoshdagi, jurnalistikada kamida 3 yillik tajribaga ega, ijtimoiy faol shaxs bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur.
  • Nomzod jurnalistika sohasida o’ziga xos mahorat, qobiliyat va shijoatga ega bo’lishi, boshqa nomzodlardan o’zining faolligi va kuchli g’oyalari bilan ajralib turishi zarur.
  • Nomzod arizasi bilan birga o’zi tayyorlagan 4 ta maqola, reportaj, podkast yoki boshqa ish namunalarini jo’natishi kerak. Agar ishlar ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tilidagi matn ilova qilinishi zarur.
  • Nomzod o’z yurtida ma’lum gazeta yoki kanalda jurnalist bo’lib ishlashi va dasturda ishtirok etish uchun ish joyidan rozilik olishi kerak. Dastur tamom bo’lgach, nomzod o’z ish joyiga qaytishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu ariza shaklini to’ldirib, boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda 2021-yil 31-avgustgacha email orqali topshirish kerak. Arizani david@presspartners.org elektron manziliga yuboring. E-mailning sarlavhasiga «AFPP FELLOWSHIP APPLICATION» deb yozing.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza;
  • CV yoki rezyume;
  • Insho (mavzusi ariza shaklida ko’rsatilgan);
  • Tavsiyanoma;
  • Nomzod ishlaydigan tahririyatdan rozilik xati;
  • Fotosurat;
  • Nomzodning jurnalist ekanligini tasdiqlovchi ma’lumot;
  • Pasport nusxasi;
  • Maqolalar yoki boshqa ish namunalari;
  • Haydovchilik guvohnomasi (agar bor bo’lsa).

Dastur haqida to’liq ma’lumot bilan ariza shakli orqali tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!