×

Qirgʻizistonda jurnalistlar va jurnalistika talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik trening!


Grant

MUHLAT

01.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1605 marta

Markaziy Osiyodagi Jurnalistika yozgi instituti – karyerasini yaqinda boshlagan jurnalistlar va jurnalistika fakulteti talabalarini jurnalistik hamda ommaviy axborot vositalari sohasida muvaffaqiyatli karyera qilish uchun kerakli boʻlgan koʻnikmalar bilan taʼminlaydi. Dastur ishtirokchilarning raqamli jurnalistika, raqamli OAV, ijtimoiy tarmoqlar, podkast va storitelling kabi sohalardagi koʻnikmalarini rivojlantirishga moʻljallangan. Shuningdek, ishtirokchlar jurnalistika sohasidagi etika, manbani tasqidlash va dizinformatsiya borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish imkoniga ham ega boʻladi.

Dastur maqsadi – Markaziy Osiyodagi mustaqil jurnalistlar va OAV tashkilotlarining mintaqalararo tarmogʻini shakllantirishdir. Ishtirokchilar trening davomida hamkorlikda ish olib boradi hamda vatanlariga qaytgach mahalliy jurnalistlarning kengroq tarmogʻi bilan, jumladan, GOViral  tarmogʻi orqali hamkorlikni davom ettiradi.

Dastur mashgʻulotlari 2022-yil 13-iyundan 1-iyulgacha Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar rus tilida olib doriladi.

Dastur quyidagi modullarni oʻz ichiga oladi:

  • Media savodxonlik
  • Raqamli jurnalistika
  • Yangi media texnologiyalar

Dastur AQSH davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi va Meridian xalqaro markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar va jurnalistika sohasi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy, mahalliy transport, oziq-ovqat xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Baxtsiz hodisalarga qarshi sugʻurta qilinadi.
  • Bepul oʻquv materiallari taʼminalandi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston yoki Turkmaniston fuqarolari yoki rezidentlari ariza topshirishi mumkin.
  • 2022-yil 13-iyun holatida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlish kerak.
  • Jurnalistlar yoki jurnalistika fakulteti talabalari ariza topshira oladi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Jurnalistika sohasidagi tegishli ish tajribasi va/yoki taʼlimi.
  • Yetakchlik qobiliyati va kasbiy oʻsishga ahd qilganlik, ijobiy munosabat va tashabbuskorlik.
  • Markaziy Osiyoning mustaqil jurnalistlari va OAVlari tarmogʻini shakllantirishga boʻlgan intilish/xohish.
  • Rus tili yaxshi bilish.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 1-martgacha onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlar kiritilishi va quyidagilar taqdim etilishi kerak:

  • Kasbiy va/yoki ilmiy rahbardan 2 ta tavsiyanoma.
  • Oxirgi 3 yilda nashr / chop / eʼlon qilingan ishlaringizdan 3 ta namuna.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan CASummerInstitute@meridian.org elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!